|
Tadbirlar rejasi qo‘yidagilarni belgilangan
|
bet | 83/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiTadbirlar rejasi qo‘yidagilarni belgilangan.
- Ekspertga ishlab chiqilgan tovarlarni shtrix kodlash bo‘yicha ishlarni tugatish;
- O‘zbekiston Respublikasi xududida shtrix kodlash tizimini ishlatilishini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan meyoriy xujjatlar, metodik qo‘llanmalar komplektini ishlab chiqish;
- O‘zstandart agentligi xuzuridagi SMSITIning markazida shtrix kodlar original – maketlarini ishlab chiqish bo‘yicha markazni tashkil etish va uni kerakli uskunalar bilan butlash;
- «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan mahsulot, tovarlarni majburiy shtrix kodlash to‘g‘risidagi» o‘rnatilgan tartibda kelishilgan formoyish loyixasini tayyorlash va vazirlar mahkamasiga kiritish;
“O‘zstandart” agentligi buyrug‘iga asosan SMSITIda shtrix kodlash markazi tashkil etildi va uning nizomi tasdiqlandi. SMSITIda 1999 yil aprel’ oyidan boshlab shtrix kodlash markazi o‘z faoliyatini boshlagan va u kerakli uskuna va programmalar bilan taminlangan. Shtrix kodlash tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘rnatilgan muddatlarda kerakli meyoriy xujjatlar ishlab chiqilgan.
2) O‘zbekiston mahsulotlari ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchini xalqaro tovar raqamlashtirish tizimida identifikasiya qilish, iste’molchi huquqini himoya qilish, tovarlarni ishlab chiqarishni avtomatik hisobga olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 1 sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan tovarlarga shtrix kodlashni kiritish» to‘g‘risidagi 438 sonli farmoyishi qabul qilingan.
Farmoyishda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
O‘zbekiston Respublikasining tovar ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar palatasi qoshida tovarlar va mahsulotlarni identifikasiya qilish markazi «EAN O‘zbekiston» yaratish va bu bilan mahsulotni shtrix kodlashtiriladigan tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatadigan subyektlarini registasiya qilish va xalqaro talablarga muvofiq identifikasiya tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini metodik boshqarish va O‘zdavstandart tomonidan shtrix kodlar maketini yaratish.
Shtrix kodlashni kiritish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi vazifasi. O‘zbekiston Respublikasidagi tovarlarni shtrix kodlash to‘g‘risidagi farmoyishlarga asosan “O‘zstandart” agentligi zimmasiga quyidagilar yuklangan:
|
| |