|
1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi va vazifalari. Reja
|
bet | 86/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiekologik xavfsizlik;
veterinariya xavfsizligi;
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
o‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadi - fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy va yuridik shaxslar va davlat mulkini himoyalash, atrof-muhit muhofazasi, xayvonot va o‘simliklar xavfsizligi shuningdek, iste’molchilarni chalg‘itishga qaratilgan harakatlarni bartaraf kilishga karatilgan texnik reglamentlar qabul qilinishiga erishishdir.
Qabul qilingan konunga munofiq O‘zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik reglamentlar qo‘llaniladi. Umumiy texnik reglamentlar maxsulot, xizmatlar va jarayonlar guruhlariga majburiy talablarni belgilab, O‘zbekiston Ruspublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi va mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
Maxsus texnik reglamentlar alohida maxsulot, xizmatlar va jarayonlar turlariga majburiy talablarni belgilab, vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Umumiy va maxsus texnik reglamentlar o‘rnatilgan tartibda, tuzilgan ekspert kengashlari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda ekspert komissiyalari tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Barcha umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Shuni aytish joizki, texnik jihatdan tartibga solish tizimi quyidagi hollarni boshqarishi kerak:
1. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, tadbiq etish va ijro etish (ya’ni mahsulot xavfsizligiga, ishlab chiqarish jarayoni, foydalanish, saqlash, tashish, muomalaga chiqarish va yo‘q qilishga qo‘yiladigan majburiy shartlar);
Ixtiyoriy ravishda standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, tadbiq qilish va bajarish (ya’ni mahsulot xavfsizligiga, ishlab chiqarish jarayoni, foydalanish, saqlash, tashish, muomalaga chiqarish, yo‘q qilish yoki xizmat ko‘rsatish shartlari);
|
| |