|
Qiyshiqlik yorug’lik nurlarining linza orqali o’tayotganda burilishiga sabab bo’ladi
|
bet | 4/10 | Sana | 16.07.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #267736 |
Bog'liq Fizika 2 1-mavzuQiyshiqlik yorug’lik nurlarining linza orqali o’tayotganda burilishiga sabab bo’ladi.
Yorug‘lik nurining linza orqali o‘tgan ikkita traektoriyasini ko‘rib chiqamiz (5 - rasm). Bosh optik o‘qdan o‘tuvchi, A va V nuqtalarni tutashtiruvchi AOV va linzaning yuqori qirrasidan o‘tuvchi ASV nurlarni ko‘rib chiqamiz. OV traektoriyani nur t1 vaqtda bosib o‘tadi:
6.5 – rasm. Yorug‘lik nurining linza orqali o‘tishi.
bu yerda – nisbiy sindirish ko‘rsatkichidir. Nur AOV traektoriyani bosib o‘tish uchun t2 vaqt sarflaydi
t1 = t2 ga teng bo‘lgani uchun, quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:
, (1)
agarda, yupqa linza uchun , ekanligini hisobga olsak, quyidagi ifodalarni keltirib chiqarish mumkin:
Bu tengliklarni (2.1) ifodaga qo‘ysak linzalarning umumiy ifodasiga ega bo‘lamiz:
, (2)
Ammo, juda yupqa linzadan o’tishdagi burilish juda murakkab bo’ladi.
Yupqa linzalar uchun , bo‘lgan holda quyidagi linza ifodasini keltirib chiqarish mumkin:
bu yerda va ga tengdir.
U holda , (3)
yupqa linzaning ifodasiga ega bo‘lamiz.
Yupqa linzalarning qalinligi diametriga nisbatan juda ingichka bo’lganligi uchun ham ularni yupqa deb atash mumkin.
Linzaning qavariq sirti egriligi radiusi musbat, botiq sirt egriligi radiusi manfiy hisoblanadi. Agarda, buyumdan linzaning optik markazigacha masofa cheksiz bo‘lsa, linzaga tushayotgan nurlarni parallel deb hisoblash mumkin (6 - rasm), u holda
va bu holatga mos masofa b = 0F = flinzaning fokus masofasi deb ataladi:
6.6 – rasm. Buyum linzadan cheksizlikda bo‘lganda nurlarning tarqalishi.
Fokus masofa linzaning nisbiy sindirish ko‘rsatkichi va egriliklar radiuslariga bog‘liqdir. Agarda, b = ¥ bo‘lsa, ya’ni tasvir cheksizlikda bo‘lsa, linzadan chiqayotgan nur bir-biriga parallel bo‘lib tarqaladi (6.6 - rasm) va a = f ga tenglashadi.
, (4)
kattalik linzaning optik kuchi deb ataladi va uning o‘lchov birligi – dioptiriy hisoblanadi.
6.7 – rasm. Linzadan tasvir cheksizlikda bo‘lganda nurlarning tarqalishi.
1 – dioptiriy – fokus masofasi 1 m ga tengbo‘lgan linzaning optik kuchidir: 1 dioptiriy = 1/m.
Musbat optik kuchga ega bo‘lgan linzalar yig‘uvchi, manfiy optik kuchga ega bo‘lganlari esa sochuvchi linzalar deb ataladi.
Linzaning fokusidan o‘tuvchi, bosh optik o‘qqa perpendikulyar bo‘lgan tekislik – linzaning fokal tekisligi deb ataladi.
|
| |