|
b.Geometriyaviy optika elementlari
|
bet | 3/10 | Sana | 16.07.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #267736 |
Bog'liq Fizika 2 1-mavzu6.3 – rasm.Ikki muhit chegarasida nurning to‘la qaytishi.
Yorug‘likning tarqalish qonunlarini yorug‘lik nurlari tushunchalari orqali o‘rganiladigan optika bo‘limi geometriyaviy optika deb ataladi.
Yorug‘lik nurlari deb, to‘lqin sirtlariga normal bo‘lgan chiziqlar bo‘yicha tarqaladigan yorug‘lik energiyalari oqimiga aytiladi.
Linzalar deyilganda, ikkita sirt bilan chegaralangan tiniq jismlar tushuniladi. Ikkita sirtdan biri, odatda, sferik yoki tsilindrik,ikkinchisi–sferik yoki yassi bo‘lishi mumkin. Bu sirtlar yorug‘lik nurini sindirib, buyumlarning optik tasvirini shakllantirishi mumkin. Odatda linzalar shisha, kvarts, kristall va plastmassa moddalaridan tayyorlanadi.
6.4 – rasm. Linzalarning turlari.
Tashqi ko‘rinishiga qarab linzalar: ikki tarafi qavariqli, yassi qavariqli, ikki tarafi botiqli, yassi botiqli, bir tarafi qavariq-ikkinchisi botiqli, bir tarafi botiq ikkinchisi qavariqli bo‘lishi mumkin (6.4 - rasm).
Optik xususiyatlariga qarab linzalar yig‘uvchi va sochuvchi linzalarga bo‘linadi.
Sochuvchi linzalar ko’pincha ikki tomonlama botiq bo’lib, qum soat shaklida bo’ladi.
Sirt radiuslariga nisbatan qalinligi kichik bo‘lgan linzalar yupqa linzalar deb ataladi. Linzalarning sirtlari egriligi markazidan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq linzaning bosh optik o‘qi deb ataladi. Bosh optik o‘qda yotuvchi va undan yorug‘lik nuri o‘tganda sinmaydigan nuqta linzaning optik markazi deb ataladi.
Linza oynaning oddiy qismi, plastik yoki ,bitta yuzasi yoki ikkala yuzasi ham qiyshiq bo’lgan) boshqa shaffof material bo’lishi mumkin.
Linza sirtlari egrilik radiuslarini (R1 va R2), linzadan buyumgacha (a) va uning tasvirigacha (b) bo‘lgan masofalar bilan bog‘liqlikligini ko‘rsatuvchi nisbat – yupqa linzaning ifodasi deb ataladi. Bu ifodani keltirib chiqarish uchun eng qisqa vaqt talab qilinadigan usuldan foydalaniladi, ya’ni yorug‘lik nuri traektoriyasini bosib o‘tish uchun eng minimal vaqt talab qilinadigan traektoriya olinadi.
|
| |