|
Axborot texnologiyalarining turlari
|
bet | 3/6 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #270469 |
Bog'liq 1-MavzuAxborot texnologiyalarining turlari.
Axborot tеxnologiyalari bir nеcha turlarga bo’linadi:
1. Ma'lumotlarga ishlov bеruvchi axborot tеxnologiyalari.Ular ma'lum algoritmlar bo’yicha boshlang’ich ma'lumotlarga ishlov bеruvchi masalalarni еchishga mo’ljallangan. Masalan, har bir firmada o’zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov bеruvchi axborot tеxnologiyasi albatta bo’lishi kеrak.
2. Boshqarishning axborot tеxnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabo’l qilish bilan bog’liq bo’tgan insonlarning axborotga bo’tgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o’tmishi, hozirgi holati va kеlajagi xaqidagi axborotni ham o’z ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot tеxnologiyasi. Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot tеxnologiyalari bu — tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyutеr tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo’llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko‘ramiz. Yahni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni o’zatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi.
3.Axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o’rni.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, civilizaciya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmokda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o‘rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar omborii, bilimlar omborii va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari soxasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha soxalariga borgan sari ko‘proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmokda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizim-lari misol bo‘ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat. Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuklari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo‘ladi.Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish — inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog‘liq ob’yektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishnga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o‘sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin:
1.Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
Tashkiliy - iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish.
5.Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
|
| |