1- nazorat ishi




Download 418 Kb.
bet6/19
Sana08.05.2023
Hajmi418 Kb.
#57448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2-синф
111, 2-lab, Тест 2, Kirish differensial tenglamalar, aziz, Ayolmisan ayol bo`l, mustaqil ish--2, iqtisodiy matemdan savollar bazasi, Qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va un, 5 tashabbus, 38-41, ҚУРИЛИШДА БАҲОНИ ШАКИЛЛАНТИРИШ ВА СМЕТА 2017 ЎУМ 8, 13-laboratoriya ishi, geometrik loyihalash 9 mavzu
Nazorat shakli: Test sinovi.
I variant
1. Bo‘g‘inga ko‘chirib bo‘lmaydigan so‘zlar qatorini belgilang.
a) do‘st, fasl, kuz
b) jahon, juft, pilla
d) g‘isht, kitob, etik
2. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga amal qilingan qatorni belgilang.
a) ki-tob, o-bod, sha-mol
b) ki-tob, ob-od, sha-mol
d) ki-tob, obod, sha-mol
3. “Qalpoqni top, qopqoqni yop” tez aytishida nechta bir bo‘g‘inli so‘z bor?
a) 3 ta
b) 2 ta
d) 1 ta
4. Jarangsiz undoshlarga xos xususiyatni belgilang.
a) talaffuzda faqat ovoz eshitiladi
b) talaffuzda shovqin va ovoz eshitiladi
d) talaffuzda faqat shovqin eshitiladi
5. Qaysi so‘z oxirida “t” undoshi qo‘yiladi?
a) ozo..
b) tax…
c) bahraman…
6. Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar. Topishmoqning javobini toping.
a) shamol
b) mushuk
d) sehrgar
7. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun to‘g‘ri bo‘lingan so‘zni toping.
a) muy-as-sar
b) mu-yas-sar
d) mu-yassar
8. Matn nimalardan tuziladi?
a) gaplardan
b) so‘zlardan
d) bo‘g‘inlardan
9. ”Ishbilarmon” so‘zida nechta bo‘g‘in bor?
a) 4 ta
b) 6 ta
d) 11 ta
10. Maqolni davom ettiring. Bir yigitga…
a) 7 hunar oz
b) 70 hunar oz
d) ko‘p hunar oz
II variant
1. So‘zda nechta bo‘g‘in borligi qanday aniqlanadi?
a) so‘zdagi unli harflar soniga qarab
b) so‘zdagi undosh harflar soniga qarab
d) barcha harflar sanaladi
2. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘linmaydigan so‘zlar qatorini belgilang.
a) behi, ota, o‘rik
b) yashil, tilla, ona
d) aka, uka, duo
3. ”Davlatmurod” so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri bo‘g‘inga bo‘lingan?
a) dav-lat-mur-od
b) dav-lat-mu-rod
d) davl-at-mu-rod
4. Tushib qolgan harfni toping. Darax…, Toshken…
a) tushib qolmagan
b) t harfi
d) d harfi
5. Jarangli undoshlarga xos xususiyatni belgilang?
a) talaffuzda faqat ovoz eshitiladi
b) talaffuzda shovqin va ovoz eshitiladi
d) talaffuzda faqat shovqin eshitiladi
6. Ikki aka-uka yashaydi, bir-birini ko‘rmaydi. Topishmoqning javobini toping.
a) ko‘zlar
b) lablar
d) quloqlar
7. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lingan so‘zni belgilang.
a) say-yo-ra
b) sa-yyo-ra
d) say-yora
8. Gap nimalardan tuziladi?
a) harflardan
b) so‘zlardan
d) bo‘g‘inlardan
9. ”Gultojixo‘roz” so‘zi necha bo‘g‘indan iborat?
a) 12 ta
b) 4 ta
d) 5 ta
10. Maqolni davom ettiring. Birni kessang ...
a) birni ek
b) o‘nni ek
d) yuzni ek


III-chorak




Download 418 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 418 Kb.