|
1. 1-§. Algoritmlar va dasturlashning asosiy tushunchalari
|
bet | 7/10 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 116,18 Kb. | | #115260 |
Bog'liq I BOB Inkrement va dekrement. Dasturlarda o‘zgaruvchiga 1 ni qo‘shish va ayirish amallari juda ko‘p hollarda uchraydi. C++ tilida qiymatni 1 ga oshirish inkrement, 1 ga kamaytirish esa dekrement deyiladi. Bu amallar uchun maxsus operatorlar mavjuddir.
Inkrement operatori (++) o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga oshiradi, dekrement operatori (--) esa o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga kamaytiradi. Masalan, a o‘zgaruvchisiga 1 qiymatni qo‘shmoqchi bo‘lsak quyidagi ifodani yozishimiz lozim.
a++ //a o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga oshirdik.
Bu ifodani quyidagicha yozishimiz mumkin edi.
a=a+1;
Bu ifoda o‘z navbatida quyidagi ifodaga teng kuchli:
a+=1;
1.1.3. Kompilyator turlari.
Dasturlardan foydalanib, biror ish bajarish va shu orqali natija olish, unchalik qiyin jarayon emas. Bir marotaba ko'rib olgan inson, keyingi safar o'zi bajara oladi. Ko'pchilik adashtiradigan narsa, bu foydalanuvchi dasturchi deyilmaydi, faqatgina dastur foydalanuvchisi bo'ladi xolos. Dasturchi, foydalanuvchilar foydalanishi uchun dastur yaratadi va bu jarayon juda murakkab hisoblanadi.
Dasturchilik bilan shug'ullanishni endi boshlagan yoshlar ko'p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu qiyinchiliklar asosan terminlarning tushunmasligidan kelib chiqadi. Bu maqolamda dasturlashning eng kerakli termini hisoblangan interpretator va kompilyator haqida yozib o'taman.
Dasturlash jarayonida dasturchi o'z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi. Kodlarnining qanday bo'lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog'liq bo'ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,… .Yozilgan kodlarni kompyuter tushunmaydi, kompyuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni kompyuter tushunadigan tilga o'zgartirish lozim. Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo'ladi(kompilyator yoki interpretator).
Kompyuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, ya'ni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqli bo'lsa kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan. Ketma-ketlikni tushungandursiz, dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar kompyuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur kompyuterda ishlaydi, bu jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.
|
| |