|
Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi
|
bet | 3/10 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 116,18 Kb. | | #115260 |
Bog'liq I BOB1. Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi.
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
3. Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi, masalan, turli matematik jadvallar, loteriya yutuqlari jadvali, funksiyalar qiymatlari jadvallari bunga misol bo’ladi.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya’ni algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli bo’lgan dastur shaklida beriladi.
5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, ya’ni algoritm bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo’llanadigan belgilash va qoidalar majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Ulardan o’quv o’rganish tili sifatida foydalanilmoqda. Bulardan Ye-praktikum yoki Ye-tili algoritm ijrochisi algoritmik tili ham mavjud.
Algoritmning tasvirlash usullari
6. Algoritmlarning grafik shaklda tasvirlanishi. Masalan, grafiklar, sxemalar ya’ni blok - sxema bunga misol bo’la oladi. Blok sxemaning asosiy elementlari quyidagilar: oval (ellips shakli)-algoritm boshlanishi va tugallanishi, to’g’ri burchakli to’rtburchak-qiymat berish yoki tegishli ko’rsatmalarni bajarish. Romb - shart tekshirishni belgilaydi. Uning yo’naltiruvchilari tarmoqlar bo’yicha biri ha ikkinchisi yo’q yo’nalishlarni beradi, parallelogramm- ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish, yordamchi algoritmga murojaat - parallelogramm ikki tomoni chiziq, yo’naltiruvchi chiziq - blok-sxemadagi harakat boshqaruvi, nuqta-to’g’ri chiziq (ikkita parallel) - qiymat berish.
Algoritmda bajarilishi tugallangan amallar ketma-ketligi algoritm qadami deb yuritiladi. Har bir alhoxida qadamni ijro etish uchun bajarilishi kerak bo’lgan amallar haqidagi ko’rsatma buyruq deb aytiladi.
Algoritmning tasvirlash usullari
Algoritmlarni ko’rgazmaliroq qilib tasvirlash uchun blok-sxema, ya’ni geometrik usul ko’proq qo’llaniladi. Algoritmning blok-sxemasi algoritmning asosiy tuzilishining yaqqol geometrik tasviri: algoritm bloklari, ya’ni geometrik shakllar ko’rinishida, bloklar orasidagi aloqa esa yunaltirilgan chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Chiziqlarning yunalishi bir blokdan so’ng qaysi blok bajarilishini bildiradi. Algoritmlarni ushbu usulda ifodalashda vazifasi, tutgan o’rniga qarab quyidagi geometrik shakl(blok) lardan foydalaniladi.
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishga, ya'ni bajarilish tartibiga qarab uch asosiy turga bo'linadi: chiziqli (ergashish), tarmoqlamivchi va takrorlanuvchi.
|
| |