|
1. 1-§. Algoritmlar va dasturlashning asosiy tushunchalari
|
bet | 6/10 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 116,18 Kb. | | #115260 |
Bog'liq I BOBIdentifikator – bu dastur ob’ektining nomi. Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Identifikator lotin harfidan yoki ostki chiziq belgisidan boshlanishi lozim. Identifikatordagi birinchi belgi harf yoki pastki chiziq bo'lishi mumkin. Identifikator ichida bo'shliq bo`lmasligi kerak.
Misol uchun:
A2, _MIN, nomber_02, RIM, rim
Katta va kichik harflar farqlanadi, shuning uchun oxirgi ikki identifikator bir-biridan farq qiladi.
Kalit so‘zlar. С++ tilida ayrim so‘zlar oldindan zahiralanadi. Bunday so’zlar kalitli so‘zlar deb aytiladi. Bunday so‘zlarni o‘zgaruvchilarni nomlashda ishlatish mumkin emas. Ularga if, while, for va main kabi so‘zlar kiradi. C++ tilidagi kalit so’zlar ro’yxati 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1. jadval. C++tilidagi kalut so’zlar ro’yxati
asm
|
else
|
new
|
this
|
auto
|
enum
|
operator
|
throw
|
bool
|
explicit
|
private
|
true
|
break
|
export
|
protected
|
try
|
case
|
extern
|
public
|
typeid
|
catch
|
false
|
register
|
typeid
|
char
|
float
|
reinterpret_cast
|
typename
|
class
|
for
|
return
|
union
|
const
|
friend
|
short
|
unsigned
|
const_cast
|
goto
|
signed
|
using
|
continue
|
if
|
sizeof
|
virtual
|
default
|
inline
|
static
|
void
|
delete
|
int
|
static_cast
|
volatile
|
do
|
long
|
struct
|
wchar_t
|
double
|
mutable
|
switch
|
while
|
dynamic_cast
|
namespace
|
template
|
|
Ma’lumotlarning asosiy turlari. Asosiy ma'lumotlar turlari quyidagilardan iborat:
int (butun son);
char (belgi);
wchar_t (kengaytirilgan belgi);
bool (mantiqiy);
float (haqiqiy);
double(ikkilangan aniqlikdagi haqiqiy).
Standart turlarning qiymatlar diapazonini aniqlash uchun to'rt turdagi spetsifikatorlar ishlatiladi:
short(qisqa);
long(uzun);
signed (imzolangan);
unsigned(imzo qo'yilmagan).
1.2. jadval. Turlarning o'lchamlari va qiymatlarining o`zgarish oralig`i:
Arifmetik ifoda va amallar. C++ tilida ifodalar biror bir hisoblash natijasini qaytaruvchi boshqa ifodalar ketma-ketligini boshqaradi yoki hech nima qilmaydi (nol ifodalar).
C++ tilida barcha ifodalar nuqtali vergul bilan yakunlanadi. Ifodaga misol qilib o‘zlashtirish amalini olish mumkin.
x=a+b;
Algebradan farqli ravishda bu ifoda x a+b ga teng ekanligini anglatmaydi. Bu ifodani quyidagicha tushinish kerak:
a va b o‘zgaruvchilarni qiymatlarini yig‘ib natijasini x o‘zgaruvchiga beramiz yoki x o‘zgaruvchiga a+b qiymatni o‘zlashtiramiz. Bu ifoda birdaniga ikkita amalni bajaradi, yig‘indini hisoblaydi va natijani o‘zlashtiradi. Ifodadan so‘ng nuqtali vergul qo‘yiladi. (=) operatori o‘zidan chap tomondagi operandga o‘ng tomondagi operandlar ustida bajarilgan amallar natijasini o‘zlashtiradi.
Bajarilishi natijasida biror bir qiymat qaytaradigan barcha ifodalar C++ tilida amallar deyiladi. Amallar albatta biror bir qiymat qaytaradi. Masalan, 4+6 amali 10 qiymatni qaytaradi.
|
| |