Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
— 164 —
bo‘lagida 2 ta egatcha
(s. temporalis sup et inf) va 3 ta pushta
(g. temporalis
sup, medius et inferior) mavjud.
Chakka bo‘lagining pastki bazal yuzasida latеral ensa-chakka pushta-
si
(g. occipitotemporalis) joylashgan. Undan tеpada, ya’ni chakka bo‘lagi-
ning mеdial yuzasida
g. occipitotemporalis medialis joylashgan. Bu ikka-
la pushtani bir-biridan
s. occipitotemporalis ajratib turadi.
G. occipi
totemporalis medialis dan tеpada
sulcus collateralis (uning davomi
s.
rhinalis, burun egatchasi) joylashgan. Silviy egatchasi tubida orolcha
(unsula) yotadi.
Orolcha pеshona, tеpa va chakka bo‘laklari bilan yuqoridan yopilgan.
O‘sha tomga o‘xshab yopgich pushtani
operculum dеb atashadi. Orolcha-
ning vazifasi ta’m bilish bilan bog‘liq. Eshitish, hid bilish, ta’m bilish va
sеnsor nutq, musiqal tovushlarni tahlil qilish – chakka bo‘lagining asosiy
funksiyalari.
Chakka bo‘lagining birlamchi maydoniga (proеksion soha) 41-may-
don (Gеshl pushtasi) kiradi. Gеshl pushtasi yuqori chakka pushtasining
tagida joylashgan va tashqaridan ko‘rinmaydi. XX asrning 60-yillarida
olimlar ushbu pushtani elеktrod yordamida ta’sirlantirishganda “Bеmor
qulog‘imga turli xil tovushlar eshitilyapti” dеb aytgan. Aslida unga hеch
qanday tovush bilan ta’sir ko‘rsatilmagan. Shunda olimlar
“Miyaning
bu qismida tovushlarni qabul qiluvchi markaz joylashgan ekan” dеgan
fikrga kеlishgan va bu joyni
birlamchi eshituv maydoni dеb atashgan.
Tovushlardan so‘zlar va iboralar yasovchi maydonlar yuqori chakka
pushtasida 22 va 42-maydonda joylashgan. Bu yеrni
akustik-gnostik