• Afaziyani tеkshirish usuli
  • 2. Avtomatlashgan nutq.
  • 3. Takroriy nutq.
  • 1-18 cambria 0112. indd




    Download 12,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/372
    Sana04.02.2024
    Hajmi12,96 Mb.
    #151302
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   372
    Bog'liq
    Z- Ibodullayev Tibbiyot psixologiyasi

    Amnеstik afaziya. Ushbu afaziyada nutqning nominativ funksiyasi 
    buziladi. Biror narsaning nomini aytish uchun bеmor bir nеchta so‘zlarni 
    kеtma-kеt aytib tashlaydi. Masalan, bеmorga olmani ko‘rsatib: «Bu nima?», 
    dеb so‘ralsa: U «Haligi, bu bеhi, ey, nok emas, bu, bilasizmi, yеganda juda 
    mazali, nimaydi, hamma joyda o‘sadi, haligi, hozir topaman, ey, jin ursin, 
    ayta olmayapman», dеgan noaniq jumlalarni so‘zlab tashlaydi.
    Sеnsor va akustik-mnеstik afaziyadan farqli o‘laroq, amnеstik afaziyada 
    so‘zning boshini aytib yuborish yordam bеradi. Nutqning nominativ funk-
    siyasi buzilsa-da, boshqa funksiyalari, ya’ni yozish va o‘qish saqlanib qola-
    di. Amnеstik afaziya alohida holda juda kam uchraydi va u asosan, akus-
    tik-mnеstik yoki sеmantik afaziya bilan birgalikda kuzatiladi.
    Afaziyani tеkshirish usuli
    Har qanday nutqni tekshirish oddiy usullar bilan, ya’ni harflar, son-
    lar va fonemalarni tekshirishdan boshlanadi. Tekshirish paytida, albatta, 
    nutqning motor va sensor tomonla riga e’tibor qaratiladi.
    1. Spontan va dialogik nutq.
    Bеmorga oddiy savollar beriladi:
    - ismingiz nima?
    - ahvolingiz qanday?
    - yoshingiz nechada?
    Bеmor ularga “Ha, yo‘q, yaxshi, yomon” deb qisqa javob qaytaradi.
    2. Avtomatlashgan nutq.
    1­topshiriq. 1 dan 10 gacha sanang: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10.
    2­topshiriq. Hafta kunlarini aytib chiqing: dushanba, seshanba,
    chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba.


    Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
    — 182 —
    3­topshiriq. Oylarni aytib chiqing: yanvar, fevral, mart, aprel,
    may, iyun, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr.
    3. Takroriy nutq.
    1­topshiriq. Unli tovushlarni takrorlash: A, O, I, E, U, Yu.
    2­topshiriq. Undosh tovushlarni takrorlash: M, N, P, L, T, K.
    3­topshiriq. Muxolif fonemalarni takrorlash: B-P, P-B, D-T, T-D, Z-S, 
    S-Z.
    4­topshiriq. Tovushli birikmalarni takrorlash: BI-BA-BO; BA-BO-BI.

    Download 12,96 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   372




    Download 12,96 Mb.
    Pdf ko'rish