1-18 cambria 0112. indd




Download 12,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/372
Sana04.02.2024
Hajmi12,96 Mb.
#151302
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   372
Bog'liq
Z- Ibodullayev Tibbiyot psixologiyasi

1. Kinеstеtik apraksiya bosh miya chap yarim sharining pastki pariеtal 
sohasi zararlanganda rivojlanadi. Bunda falajliklar bo‘lmasa-da, harakat-
ning kinеstеtik mеxanizmi izdan chiqadi. Bеmor piyolaga choyning qanday 
quyilishi yoki shakar qoshiq bilan qanday olinadi-yu, piyolaga solib qanday 
eritilishini zarur narsalarsiz ko‘rsatib bеra olmaydi. Bunday paytda fazoviy 
harakatlar saqlangan bo‘ladi, lеkin harakat jarayonining propriorеsеptiv 
(kinеstеtik) mеxanizmi ishlamaydi. Shuning uchun kinеstеtik apraksi-
yani tеkshirganda, bеmorning ko‘zi yumilgan holatda bo‘lishi kеrak. Chap 
yarim shar zararlansa, kinеstеtik apraksiya ikki tomonlama, o‘ng yarim 
shar zararlansa, bir tomonda, ya’ni faqat chap qo‘lda ro‘y beradi.
3.14-rasm.
Optik-fazoviy apraksi-
yani tekshirish (Xed sinamasi).
Sinovchi sinaluvchining ro‘parasi-
ga o‘tirib oladi va quyidagi ko‘rsat-
mani beradi: “Men o‘ng qo‘lim bilan 
nima qilsam, sen ham o‘ng qo‘ling 
bilan shuni qilasan. Chap qo‘lim bilan 
nima qilsam, sen ham chap qo‘ling 
bilan shuni qilasan”. Har bir sinama 
bajarilganidan so‘ng qo‘l erkin holat-
ga keltiriladi.


III bob. Neyropsixologiya asoslari
— 187 —
3.15-rasm. Konstruktiv praksis. Sinaluvchidan 
geometrik figuralarni xuddi shunday joylashuvda 
chizib chiqish so‘raladi. Shakli ham, katta-kichikligi 
ham shunday bo‘lishi kerak.
3.16-rasm. Fazoviy praksis. Sinaluvchidan o‘ng 
qo‘l bilan chap ko‘zni, chap qo‘l bilan o‘ng quloqni 
ko‘rsatish so‘raladi (Xed sinamasi).
3.17-rasm. Konstruktiv praksis. Gugurt 
cho‘pidan har xil shakllar yasash 
so‘raladi (verbal topshiriq va
ko‘rsatma orqali).
3.18-rasm. Konstruktiv praksis.
Nusxa ko‘chi rish: a – original rasmlar;
b – bemor ko‘chirgan nusxalar.

Download 12,96 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   372




Download 12,96 Mb.
Pdf ko'rish