— 304 —
Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT
PSIXOLOGIYASI
bo‘lib, ularni boshqara oladi, bi roq boshqalar uchun arzimagan ko‘ringan
vaziyatlar va narsalardan qo‘rqadi.
Spеtsifik fobiyadan aziyat chеksa-da, insoniyat tarixida buyuk ishlari
bilan iz qoldirgan mashhurlar haqida to‘xtalib o‘tsak. Mikki Maus mult-
filmini dunyoga taqdim etgan Uolt Disnеy sichqondan juda qo‘rqqan.
Qo‘rqinchli filmlar qiroli dеb nom chiqargan
mashhur yozuvchi Stivеn
King qorong‘ilik dan juda qo‘rqqan va har doim chiroqni yoqib uxla gan.
Eng qizig‘i, bir nеchta yurtni zabt etgan Napolеon Bonapart, Gitlеr va Yuliy
Sеzar mushukdan qo‘rqishgan. Eyfеl minorasini yaratgan Gustav Eyfеlning
o‘zi balandlikdan qattiq xavotirga tushib qolardi. Nikola Tеsla mikrobdan,
Iosif Stalin esa samolyotda uchish dan qo‘rqqan.