• 1. Harf o’rganilmaydigan bosqich
  • Alifbo davri.
  • 1-4 sinflar uchun nashr etilgan metodik qo'llanmalarning qiyosiy-tanqidiy tahlili reja




    Download 34,5 Kb.
    bet7/8
    Sana12.12.2023
    Hajmi34,5 Kb.
    #117401
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-4 sinflar uchun nashr etilgan metodik qo\'llanmalarning qiyosiy
    2-sinf Tabiiy fan Mavzu Atrofimizdagi tovushlar, 33-Agrosanoat-majmuasi-iqtisodiyoti.-Oquv-qollanma.-R.Hakimov-M.Otaqulov-E.Yusupov-M.Yusupov.-T-2004, 5-sinf 30 talik test, Laboratoriya ishi Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizl, Mustaqil ish mavzulari, modellashtirish, tashakurnoma, file 436976, Mavzu Kompaniya kapitali tarkibi va uni oshirish yo\'llari!!!, Moliya va kredit, Chinlik jadvali yordamida formulalarni mukammal diz’yunktiv normal formaga va mukammal kon’yunktiv normal formaga keltirish, Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se (1), Men-ham-namoz-oqiyman, Рамус, 1, Anatomiyadan oraliq nazorat
    Savod o’rgatish jarayoni
    Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi4:

    1. alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);

    2. alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

    Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.
    Alifbogacha tayyorgarlik davri, o’z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo’linadi:
    1. Harf o’rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
    2. Unli tovush va harf o’rganiladigan bosqich (1 hafta).
    Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarning talaffuzi, o’qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).
    Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash - o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi.
    2-bosqichda unli tovush-harflar o’rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch xususiyatini o’quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim.
    SHuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi.

    Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda o’quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi.
    O’quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash, bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g’in tuzish va o’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
    3) o’rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so’zlarni o’qishga o’rgatiladigan bosqich.
    Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi).
    Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so’zlar: ko’rib (ko’rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti)..
    Yuqoridagi kabi so’zlarni o’qish bilan bo’g’inlab o’qish malakasi takomillashadi: o’quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so’zlarni ham to’g’ri o’qishga o’rganadilar.

    Download 34,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 34,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-4 sinflar uchun nashr etilgan metodik qo'llanmalarning qiyosiy-tanqidiy tahlili reja

    Download 34,5 Kb.