Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mavjud




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/102
Sana18.05.2024
Hajmi10,95 Mb.
#242094
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
1.3. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mavjud 
muammolar 
Respublika avtomobil yo‘llarining ko‘pgina qismi emirilgan, ta’mirlash va 
qayta tiklashga zarurat bor. Ko‘pgina avtomobil yo‘llari harakat bilan yuklangan, 
yo‘l holati nuqsonlari sabali yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘ladigan joylar 
mavjud. Avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash ishlari hajmi talab darajasida 
emas. Adabiyotlarda keyingi yillarda “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” atamasi paydo 
bo‘ldi. Yo‘llarni moliyalashtirish sharoiti o‘zgardi. Oxirgi yillarda ta’mirlash 
ishlarini talab darajasida bajarilmayotganligi sababli avtomobil yo‘llarida 
“ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” oshib bormoqda. Shuning uchun hozirgi vaqtda 
avtomobil yo‘llarida qulay va xavfsiz harakat sharoitini ta’minlash uchun birinchi 
darajali vazifa “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar”ni bartaraf qilish va ta’mirlash va 
saqlashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Ko‘pchilik ushbu avtomobil yo‘llari tuzilmasi [4] talablari asosida «B» 
hisobiy guruh (o‘qqa tushadigan yuk 60-70 kN) avtomobillariga loyihalanib 


 
22 
qurilgan, lekin bugungi kunda ushbu yo‘llarda harakat jadalligining o‘sishi bilan 
oqim tarkibida «A» hisobiy guruh (o‘qqa tushadigan yuk 100-110 kN) 
avtomobillarining harakati kuzatilishi, yo‘l tuzilmasi ko‘taruvchanligi pastligidan 
ko‘plab buzilishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.
Natijada mukammal ta’mirlashga bo‘lgan talab muddatidan [5] oldinroq 
yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda respublikada ta’mirlash ishlarining o‘z 
muddatida bajarilmasligi, qurilish materiallarining talabga javob bermasligi, 
zamonaviy texnologiyalarning etishmasligi, sohada malakali mutaxassislarga 
bo‘lgan talabning yuqoriligi va yo‘llarni saqlash ishlarining sifatsizligi kabi 
sabablar tufayli, “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” ko‘payib bormoqda va bu 
ko‘rsatkich umumiy foydalanishdagi yo‘l tarmog’ining 59 % ni tashkil qiladi [3].
Hozirgi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish 
tizimi ushbu muammoni bartaraf qilishda talabga javob bermaydi. Chunki 
ajratilgan mablag’lar haqiqiy sarf-xarajatlarga muvofiq kelmaydi. Avtomobil 
yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish amaliy ko‘rsatkichini 
1991 yilgiga nisbatan solishtirganda 29,7 % ga kamayganligini ko‘rish mumkin 
(1.5-rasm) [3]:
1.5-rasm. Respublika bo‘yicha ta’mirlanmay qolgan yo‘llar holati 


 
23 
Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari butun uzunligi bo‘yicha 15-40 % 
gacha, aholi zich bo‘lgan hududlarda 65-100 % gacha [6, 7] aholi yashash 
joylaridan o‘tadi. Yo‘llarning aholi yashash joylaridan o‘tgan bo‘lagida harakat 
sharoitining qulayligi yo‘lning boshqa bo‘laklariga nisbatan past, halokatlilik 
ko‘rsatkichi 8-10 marotaba yuqori [8, 9], halokatning og’irlik darajasi 1,6 marotaba 
katta bo‘ladi [9, 10]. Aholi yashash joylarida yo‘lning geometrik o‘lchamlarida 
me’yoriy talablarga mos kelmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi. Bugungi kunda 
respublikada avtomobil yo‘llari tarmog’ining 51,7 % ini mahalliy ahamiyatdagi 
yo‘llar tashkil qilishi, yo‘l tarmog’ini takomillashtirish dolzarb masalalardan 
ekanligini anglatadi.

Download 10,95 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mavjud

Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish