Yo‘llarni changsizlantirish




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/102
Sana18.05.2024
Hajmi10,95 Mb.
#242094
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102
3.4. Yo‘llarni changsizlantirish 
Asosan aholi yashash punktlaridagi yo‘llarning chang bosgan qatnov 
qismlarida va yo‘l yoqalarida hamda, avtobus bekatlarida yilning issiq va quruq 
davrida normal harakatlanish sharoitini ta’minlash uchun changsizlantirish 
bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Mukammallashtirilgan qoplamalar mexanik 
cho‘tka, suv sepuvchi yoki yuvish maqsadida supurib tozalovchi mashinalar 
yordamida tozalanadi. Qoplamada chang ko‘p yig’ilgan hollarda (o‘tish va 
qo‘shilish joylari atrofida va h.k.) mexanik cho‘tka va suv sepuvchi mashina bilan 
kombinastiyalashgan tozalash o‘tkaziladi. Organik bog’lovchilar qo‘llanilmasdan 
qurilgan o‘tuvchi va quyi turdagi qoplamalarni changsizlantirish qoplamalar 
yuzasini changsizlantiruvchi materiallar bilan qayta ishlash orqali amalga 
oshiriladi. Changsizlantiruvchi materiallar turlari, ularninng 1 m
2
yuzaga taxminiy 
me’yorlari va ta’sir davomiyligi “Yo‘lchilar ma’lumotlar enstiklopediyasi” da 
keltirilgan.
Changsizlantiruvchi material sifatida dengiz kalstiy xloridi, limon suvi yoki 
sho‘r ko‘l suvi, lignosulfalatlar, sulfatli ishqorlar, suyuq bitumlar, bitum 
emulsiyalari va boshqalar qo‘llanilishi mumkin. Qayta changsizlantirish chang 
hosil bo‘lishini birinchi sababi yuzaga kelganda amalga oshiriladi. Bu holda 
changsizlantiruvchi moddalar sarfi dastlabki changsizlantirishga nisbatan ikki 
marta kamaytiriladi. 
Qorishma tayyor bo‘lganidan so‘ng uni optimal yoki undan kambo‘lgan 
namlikka ega bo‘lga qoplama materiali ustidan sepiladi. Me’yor 1,5 l/m2 dan 
yuqori bo‘lganda qorishma 2 – 3 martadan sepiladi. Har bir keying sepish undan 
oldingi sepilgan qorishma to‘liqligicha shimilganidan so‘ng amalga oshiriladi. 
Organik 
changsizlantiruvchi 
materiallar 
qoplamaga 
normal 
shimilish 
ta’minlanadigan haroratdagina sepiladi. Qattiq gigroskopik tuzlar quyidagi ketma-


65 
ketlikda sepiladi: suv 0,5… 2 l/m2 sarf bilan sepiladi (qoplama quruq bo‘lganda), 
shundan so‘ng qatnov qismiga qattiq tuzlar sepiladi. 
Changsizlantiruvchi materiallarni shag’alli va shunga o‘xshash qoplamalarni 
qayta ishlash uchun aralashtirishda qoplamaning yuqori qatlami uchun oldindan 
keltirilgan keltirilgan material avtogreyder yordamida yoyiladi. Qorishma yoki 
qattiq changsizlantiruvchi material me’yorning 80 % miqdorida sepilib yaxshilab 
aralashtiriladi. Qoplama materiali yoyiladi va profillanadi, suv qo‘shish zarur 
bo‘lgan hollarda qorishma namligi optimal va unga yaqin qiymatlargacha 
etkaziladi. Zichlash o‘ziyurar pnevmokatoklar bilan har bir izdan 8 – 10 martadan 
o‘tish orqali amalga oshiriladi. Tayyor qoplamaga changsizlantiruvchi qorishma 
yoki qattiq turdagi material me’yorning 20 % miqdorida sepiladi. Changsizlantirish 
bo‘yicha ishlar bajarilganidan keying 5-7 kun davomida bir tekis zichlangan yuza 
va yaxshi shakllangan qoplamaga erishish uchun transport vositalarining harakati 
boshqariladi. Bu davrda avtomobillarning harakat tezligi 40 km/soat gacha 
cheklanadi. 

Download 10,95 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   102




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish