• II-BO‘LIM. AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh TEXNOLOGIYALARI III-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASh TEXNOLOGIYaLARI
  • 1 A. X. O‘roqov




    Download 10,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/102
    Sana18.05.2024
    Hajmi10,95 Mb.
    #242094
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
    7.
     
    Yo‘llarni qishki saqlash

    8.
     
    Yo‘lni ko‘kalamzorlashtirig nima

    9.
    Yo‘lning ishlash qobiliyati nima? 
    10.
    Hisobiy tezlikni ta’minlanganlik ekspluatastion koeffistienti nima? 
    11.
    Ta’mirlashlararo muddat deganda nima tushuniladi? 
    12.
    Yo‘lning xizmat muddatiga ta’rif bering? 
    13.
    Amaliyotda ta’mirlashlararo muddatlar nimasi bilan farqlanadi? 
    14.
    Yo‘l to‘shamasi xisobiy xizmat muddati nima? 
    15.
    Normativ ta’mirlashlararo xizmat muddati nima? 
    16.
    Ta’mirlash ishlari qanday rejalashtiriladi? 
    17.
    Yo‘llarni saqlash bo‘yicha rejalashtirish usullari qanday? 
    18.
    Koeffistient stikli nima?
    19.
    Diagnostika ishlari asosida yo‘l ta’mirlash ishlari qanday amalga oshiriladi? 
    20.
    Nuqsonlar qaydnomasi qanday tuziladi?


    56 
    II-BO‘LIM. AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh 
    TEXNOLOGIYALARI
    III-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASh TEXNOLOGIYaLARI
    3.1. Yo‘l poyi va yo‘l uchun ajratilgan mintaqani saqlash
    Yo‘l poyini saqlash uchun bajarildigan ishlar uning geometrik shaklini saqlashga
    yo‘l poyining, yo‘l yoqasi va qiyaliklarining talab etiladigan mustahkamligini va 
    turg’unligini ta’minlashga hamda suvni chetlatuvchi va suv o‘tkazuvchi 
    konstrukstiyalarning doimiy ishchi holatda saqlashga yo‘naltiriladi. Asosiy e’tibor 
    noqulay grunt va gidrogeologik sharoitga ega bo‘lgan, ko‘pchish mavjud bo‘lgan 
    va rivojlangan, botqoqliklar va suniy sug’oriladigan sharoitida joylashgan yo‘l 
    bo‘laklariga qaratilishi zarur. 
    Yo‘l poyini yil fasllari davomida saqlashning asosiy vazifalari quyidagicha: 
    bahor davrida – yo‘l poyining o‘ta namlangan gruntlaridan qor va grunt suvlarini 
    chiqarib tashlash; yozgi davrda – yo‘l yoqasi, qiyaliklar va suvni chetlatish 
    konstrukstiyalarini tozalash va ulardagi nuqsonlarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar 
    bajariladi; kuzgi davrda – yo‘l poyining atmosfera yog’inlari bilan o‘ta 
    namlanishini oldini olish, ular ta’sirida yo‘l poyida yig’ilgan namlikning eng 
    kichik qiymatta bo‘lishini ta’minlash. 
    Erigan qor va muz suvlarini o‘tkazishni ta’minlash uchun novlar, qabul 
    qiluvchu quduqlar, quvurlarning og’zi, drenajlar, drenajlarning qiyaliklardagi suv 
    chiqadigan joylari va voronkalar, yon ariqlar va boshqa suvni chetlatish inshootlari 
    qor va muzdan tozalanadi. Yon ariqlar avtogreyderning maxsus kyuvet tiklagichi 
    yordamida butun kesimi bo‘yicha yoki qo‘l mexnati bilan eni 0,7 m, ariqning 
    butun chuqurligi bo‘yicha qordan tozalanadi. Kichik ko‘priklar va quvurlarning 
    tuyniklarini berkitib turgan to‘siqlar olib tashlanib, ko‘prik osti va quvur ichining 
    eni bo‘yicha, uzunligi bo‘yicha esa suniy inshootdan yuqori va quyida 30 m 
    masofada muz va qordan tozalanadi. 
    Agar yo‘l yoqasida tezda tozalashning iloji bo‘lmagan darajada qor uyumi 
    yig’ilgan bo‘lsa, ushbu qor uyimida yo‘lning uzunligi bo‘yicha har 30…50 m 
    masofada eni 0,5…0,7 m qilib yo‘l yoqasining yuzasigacha qordan tozalanadi. Bu 


    57 
    qor erishi natijasida hosil bo‘lgan suvning qatnov qismida to‘planishini oldini oladi 
    va uning yo‘l yuzasidan tez oqib ketishini ta’minlaydi (3.1-rasm). 
    3.1-rasm. Qor erishi natijasida hosil bo‘ladigan suvni chetlatish sxemalari: 
    a — yo‘l poyi va kyuvetlarni qordan to‘liq tozalash; b — kyuvet bo‘ylab qordan 
    yo‘l ochish; v, g — qordan bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘l ochish; 1 — qor uyumi; 2 
    — bo‘ylama ochilgan yo‘l; 3 — ko‘ndalang ochilgan yo‘lkacha. 
    Bahorgi havoning isishi boshlanishi bilan yo‘lda ko‘pchish alomatlarini 
    vaqtida aniqlash uchun puxta nazorat o‘rnatilishi zarur. Birinchi alomat – bo‘ylama 
    va ko‘ndalang yoriqlar paydo bo‘lgan alohida joylar yuzaga kelishi. Ko‘pchishni 
    oldini oladigan yoki uni ta’sirini maksimal kamaytiradigan muhim tadbir bu 
    mustahkamlangan yo‘l yoqasida qurituvchi drenajlar qazish hissoblanadi. Eni 
    0,25…0,50 m va chuqurligi tagidagi qum qatlami bilan yo‘l to‘shamasi qalinligiga 
    teng qilib, ko‘pchish mavjud yo‘l bo‘lagining har bir tomondan bir biridan 4…8 m 
    masofada drenajlar qaziladi. Ularning quyi qismiga qiyalik tomonga 40…50 ‰ 
    nishablik beriladi. Issiq havo uriladigan va quyosh nurining to‘g’ridan-to‘gri 
    ta’siriga uchragan drenajlarning qiyaliklardagi ochiq joylari yo‘l poyida yig’ilgan 
    muz suvlarni eritib ularni chetlatishga yordam beradi. 
    Ko‘pchish alomatlari yuzaga kelganda qoplamani buzilishdan saqlash zarur. 
    Buning uchun ko‘pchigan yo‘l bo‘lagida qoplama yuzasiga qozonxona shlakidan, 
    muzlamaydigan quruq qumdan yoki shag’al qum aralashmasidan qalinligi 10... 15 
    sm bo‘lgan “yostiqcha” qilinadi. “Yostiqcha” ustiga yog’och qalqonlar yoki 
    g’ildirak iziga qoplama yotqiziladi. Ko‘pchishga qarshi kurash yo‘l poyi to‘liq 
    erib, qurigandan so‘ng to‘htatiladi. Qatnov qismiga to‘shalgan qalqonlar, shlak va 
    qumlar tozalanib, yo‘l yoqasidan suvni chetlatish maqsadida qazilgan joylar 


    58 
    to‘ldiriladi. Grunt quriganidan so‘ng qazilgan joylar shag’al yoki chaqiqtosh bilan 
    to‘ldirilib me’yorlar talabi darajasigacha zichlanadi. Ko‘pchishga moyil yo‘l 
    bo‘laklarida ko‘pchish sabablarini bartaraf qilish zarur. Aks holda keying yilda 
    ko‘pchish yana yuzaga kelib yana oldini olish chora tadbirlariga zaruriyat 
    tug’uladi. O‘ta namlangan gruntlardan suvni chetlatish uchun geotekstildan 
    drenajlovchi filtr sifatida foydalanish mumkin, bunda yo‘l poyidagi va qudan 
    qilinga asosdagi shimilgan suv ushbu filtr orqali qiyalikka chiqadi yoki yo‘l poyini 
    quritadi (2-rasm).
    3.2-rasm. 
    Geotekstildan 
    qilingan 
    drenajlovchi 
    filtrlar 
    Filtrlar geotekstildan qobiq ko‘rinishida, diametric 15… 20 sm, uzunligi 1… 
    3 m, ichi geotekstil chiqindilari bilan zich qilib to‘ldirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. 
    Ular yo‘l to‘shamasining butun chuqurligi bo‘yicha qazilgan transheyalarga, 
    filtrning bir tomonini qiyalikka chiqariladi va grunt bilan qoplanadi. Filtrlar 
    orasidagi masofa 5… 10 m ni tashkil qiladi. Filtrlarni joylashtirish natijasida 
    qoplamada yuzaga kelgan buzulish va deformastiyalar to‘girlanadi. 
    Bahorning ohirida yo‘l poyidagi buzilishlar to‘g’irlanadi: o‘yilib ketgan 
    joylar to‘ldiriladi, yo‘l yoqasining qirg’oqlari to‘g’irlanadi, o‘yma va ko‘tarmalar 
    qiyaliklari yuvilib oqib tushgan gruntlardan tozalanadi, qiyaliklarning emirilgan va 
    yuvilgan qismlari to‘ldirilib mustahkamlanadi. Yozgi davrda yo‘l yoqasi, qiyaliklar 
    va suvni chetlatish tizimlarida qarov ishlari bajarilib, ulardagi kichik deformastiya 
    va buzulishlar bartaraf etiladi: yo‘l yoqasi, ajratuvchi tasma va suvni chetlatish 
    tizimlari axlat va begona jismlardan tozalanib, yovvoyi mayslar o‘riladi va butalar 
    kesiladi. Suvni chetlatish tizimlarini yozgi saqlash ishlarini suvni chetlatuvchi 
    ariqlarning alohida bo‘laklarini 5 ‰ dan kam bo‘lmagan nishablikni ta’minlagan 


    59 
    holda tozalash, buzilishga uchlargan alohida bo‘laklar mustahkamligini tiklsh, 
    drenaj konstrukstiyalarining quyi qismlarini tozalash va ta’mirlash ishlari tashkil 
    etadi. Kuzgi davrda yo‘l poyinig keying yil bahor davrida o‘ta namlanishini oldini 
    olish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Suvni chetlatuvchi ariqlar, suv o‘tkazuvchi 
    konstrukstiyalar va drenajlarning quyi qismlarini bahorgi davrda eng yuqor 
    o‘tkazuvchanlikka tayyorlash uchun tizimli ravishda begona jismlar va ahlatdan 
    tozalanadi. Kichik ko‘priklar va quvurlar tuynuklari inshoot ichiga qor tushmasligi 
    uchun qalqonlar bilan berkitiladi. Mustahkamlanmagan yo‘l yoqasida izlar va 
    yig’ilgan suvlarni yo‘qotish uchun tekislash ishlari bajariladi. Avtogreyder 
    yordamida qor yig’iladigan bo‘laklarda qiyaliklar va ariqlar yaxshilab 
    to‘g’irlanadi. Agar yo‘l uchun ajratilgan mintaqada aylanma yoki vaqtinchalik 
    yo‘llar bo‘lsa ularni davriy ravishda profillash yo‘li bilan ishchi holatda ushlab 
    turish zarur. 

    Download 10,95 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




    Download 10,95 Mb.
    Pdf ko'rish