3.2. Yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash texnologiyalari
Yo‘l to‘shamasini saqlashning asosiy vazifasi bu tizimli qarov, transport-
ekspluatatsion ko‘rsakichlarni saqlash va oshirish, qoplamani toza va tartibli
saqlashdan iboratdir.
Mukammallashtirilgan qoplamali yo‘llarni saqlash. Bahorgi davrda jadal
tarzda erish boshlanishiga qadar yo‘l yoqasi va qatnov qismidan qor va muzdan
tozalanadi. Qoplama quriganidan so‘ng uni puxtalab chang, loy va muzlashga
qarshi qo‘llanilgan materiallardan turli xil mexanizastiyalashgan uslublarni qo‘llab
tozalanadi.
Yo‘l to‘shamasining mustahkamligi kam bo‘lgan va zaiflashgan bo‘laklari
ko‘p bo‘lgan (yo‘l poyi o‘ta namlangan, ko‘pchigan) yo‘llarda yuk
ko‘taruvchanligi yuqori bo‘lgan avtomobillar harakati cheklanadi, tezlik
kamaytiriladi yoki o‘tish butunlay yopilib, ularni maxsus tayyorlangan aylanma
yo‘llardan olib o‘tiladi.
Bahorgi jadal issiq va turg’un ob-havoda to‘kilish, o‘yiqlar, yoriqlar, alohida
to‘lqinlar, ko‘tarilishlar, sinishlar, qoplama chetining noravonligi ko‘rinishidagi
mayda buzulishlar ta’mirlanadi. Loyning bahor va kuzda yo‘lning alohida
60
bo‘laklarida ko‘p hajmda to‘planishi avtogreyder yordamida, kata bo‘lmagan
hajmda to‘planishini mexanik cho‘tka yoki suv sepuvchi mashina yordamida
tozalanadi.
Yo‘l qoplamasini supurish mexanik cho‘tkali mashina bilan yo‘l o‘qidan
qatnov qismining qirg’og’i tomonga surilib bajariladi. Bunda mashinaning keying
izi
oldingi
yurgan
izini
0,25…
0,50
m
berkitishi
zarur.
Tozalash quruq yoki ho‘l uslub bilan amalga oshirilishi mumkin. Ho‘l uslubda
tozalashda qoplama maxsus suvni ishchi hududga sochib beruvchi forsunka bilan
namlanadi. Chang, loy va mayda axlat qoplamadan cho‘tka yordamida tozalanadi
va bunkerga mexanik konveer yoki pnevmatik shlang bilan uzatiladi. Quruq holda
tozalash vaqtida chang cho‘tkaning ishchi hududidan vakuum-pnevmatik qurilma
bilan so‘riladi.
Tozalashda eng yaxshi sifatga vakuum-tozalagich mashinalar deb
nomlanuvchi
vakuum-pnevmatik
tizimli
supurib-tozalovchi
mashinalar
qo‘llanilganda erishiladi. Supurib-tozalovchi mashinalar 1,5… 3,0 m va undan kata
supurish eni va 3,5 … 25 km/soat supurish tezligiga ega bo‘ladi.
Yo‘l qoplamasini yuvish harakatlanish yo‘nalishiga 75...80° burchak ostida
o‘rnatilgan maxsus suvni elpig’ich ko‘rinishida 0,4 MPa gacha bosim ostida
purkovchi moslama o‘rnatilgan suv sepuvchi mashinalarda amalga oshiriladi.
Bunda suv sarfi 0,9… 1,2 l/m2 ni tashkil qiladi. Mashinalarning turiga qarab
yuviladigan tasmaning eni – 2,2… 8,5 m, ishchi tezlik – 3,5… 16,5 m km/soat,
stisterna hajmi – 6… 11 m3 oraliqlarda bo‘ladi.
Yuqori kategoriyali yo‘llarni yuvishda qoplamaga nisbatan 70...80° burchak
ostida mashinaning old bamperiga o‘rnatilgan, suvni yuqori bosim ostida yupqa
oqimda sochuvchi moslama o‘rnatilgan suv sepuvchi mashina qo‘llaniladi. Bunda
suv sepuvchi mashinaning tezlig 60 km/soat gacha etadi.
Aholi yashash hududlari chegaralaridan o‘tadigan yo‘llar qoplamasiga suv
sepish yozning issiq kunlarida amalga oshiriladi. Suv sepishning yuvishdan farqi
shundaki unda suv oqimi mashinaning harakat yo‘nalishida oldinga va yuqoriga
yo‘naladi, buning natijasida suv sochiladi va qoplamaga yoyilib mikroiqlimni
61
yaxshilaydi va salqinlik hosil qiladi. Asfaltbeton qoplamasiga suv sepishdagi
suvning sarfi 0,2...0,3 l/m2 ni tashkil qiladi.
Qoplama yuzasiga bitum chiqib qolishidan hosil bo‘lgan sirpanchiqlikni
bartaraf qilish. Yozning issiq kunlarida asfaltbeton yoki boshqa bitum-mineral
materiallardan qurilgan qoplamalarning alohida qismlarida avtomobillar va quyosh
nuri ta’sirida qoplama yuziga bitum chiqib qoladi va buning natijasida
sirpanchiqlik yuzaga keladi.
Ushbu kamchilikni oldini olishning bir necha yo‘llari bor. Qoplama yuzasiga
o‘lchami 2… 3 mm bo‘lgan qayta ishlanmagan yoki bitum (bitum emulsiyasi)
bilan qayta ishlangan yirik donali qum sepilib, katok bilan qoplamaning
yumshagan qatlamiga kirgiziladi. Ortiqcha bitum qumni qoplab oladi va bir
vaqtning o‘zida qoplamaning tishlashish sifati yaxshilanadi. Eng samarali tadbir
qum sepilib supuruvchi mashina bilan qoplama yuzasi tozalanmasidan bir oz
muddat oldin (0,5 soat) bunday yo‘l bo‘laklarini kam miqdorda (0,1...0,2 l/m2)
organik erituvchilar (masalan kerosin, solyar moyi) bilan qayta ishlashdir. Bu
jarayonda bitum erib qumga tez singiydi va undan so‘ng qum bilanbirgalikda
chiqib ketadi.
Sementbeton qoplamalarni saqlashda yoriqlar va choklar, plitalar qirg’oqlari
va chegaralari, alohida g’ovakliklar berkitiladi, mahalliy cho‘kish va alohida
plitalardagi ko‘tarilib qolishlar bartaraf qilinib, qoplamadagi to‘kilish markazi
bo‘lgan bo‘laklar qayta tiklanadi. Yoriqlar oldindan barmoqli freza yordamida
qayta ishlanadi va tozalanib, shundan so‘ng to‘ldiriladi.
Eni 5… 25 mm bo‘lgan yoriqlarni to‘ldirishda asosan tarkibi mahalliy
sharoitga bog’liq ravishda tanlangan bitum mastikasi (shu jumladan rezinabitum)
dan foydalaniladi. Buzilishlarni to‘ldirishda stementbeton yoki asfaltbeton (shu
jumladan quyma) qorishmasi bilan, shuningdek yilning issiq vaqtlarida harorat +5
°S dan kam bo‘lmaganda suyuq shisha qorishmasidan foydalaniladi. Polimerbeton
qorishmalari havo harorati +15 °S dan kam bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Chuqurligi 5 sm gacha bo‘lgan buzilishlarni to‘ldirishda mayda donali
(qumli)
stementbeton
qorishmasidan
foydalaniladi;
katta
chuqurlikdagi
62
buzilishlarni to‘ldirishda qumli yoki chaqiqtoshning yirikligi 20 mm gacha bo‘lgan
chaqiqtoshli beton qorishmalaridan foydalaniladi. Ta’mirlash uchun stementbeton
qorishmasini yotqizishdan oldin tayyorlangan yuzaga (10… 20 min avval) markasi
500 markadan kam bo‘lmagan plastiklashtirilgan stement kleyidan yupqa qatlam
qilib suriladi. Yozgi davrda buzilishlarni ta’mirlash bilan bir vaqtda tizimli
ravishda qatnov qismi tozalanadi, gidrofobizatsiya yo‘li bilan stementbeton
qoplamasining yuzasidagi buzulishlardan himoyalash bo‘yicha oldini olish ishlarni
amalga oshiriladi.
Gidrofobizatsiya – bu yuzadagi g’ovakliklar, kapilyarlar va yoriqlarga suvni
kirishini oldini olish bo‘lib buning natijasida avtomobil g’ildiragining qoplama
bilan tishlashish sifati oshiriladi. Gidrofobizatsiya bo‘yicha ishlar amalga
oshiriladigan vaqt davomida yo‘l bo‘lagi harakatlanish uchun yopiladi. Harakatni
aylanma yo‘llarga yo‘naltirishning imkoni bo‘lmaganda qatnov qismining har ikki
yarmi uchun navbatma-navbat gidrofobizatsiya ishlari bajariladi. Ishlar qoplamani
yuvuvchi yoki supurib tozalovchi mashinalar bilan yaxshilab tozalangandan so‘ng
bajariladi.
Yuzani gidrofobizatsiya qilish bo‘yicha ishlar quruq ob-havoda, havoning
harorati +5 °S dan kam bo‘lmaganda bajariladi. Ta’mirlangan yo‘l qoplamasi
ustidan harakatlanishga ishlar tugatilganidan eng kamida 1 sutkadan so‘ng ruxsat
beriladi.
Kuzgi davrda asosiy e’tiborni yo‘l yoqasini yomon holatga kelib qolishdan
saqlashga qaratiladi, chunki yo‘l yoqasining yomon holati natijasida yo‘l poyi o‘ta
namlanadi va ko‘pchish boshlanishiga sharoit hosil bo‘ladi, qatnov qismi
ifloslanadi va qoplama qirg’oqlari jadal tarzda buzula boshlaydi.
O‘tuvchi va quyi turdagi qoplamali yo‘llarni saqlash. Qoplama ravonligini
oshirish maqsadida (bahor va kuzgi davrdagi yomg’irdan so‘ng) va mineral
material bir tekisda taqsimlanishi uchun yo‘l to‘shamasi yuzasi profillanadi,
alohida o‘yiqlar, izlar va cho‘kishlar ta’mirlanadi. Dastlabki profillash erta bahorda
(qor eriganidan so‘ng) amalga oshirilib, uning natijasida izlar yo‘qotiladi va
ko‘ndalang kesim tekislanadi. Ikkinchi profillash bahorgi (nam) davrning ohirida
63
yangi yuzaga kelgan deformastiyalarni yo‘qotish va qoplamani yakuniy tekislash
uchun amalga oshiriladi. Yozgi davrda profillash yomg’irdan so‘ng zaruriyat
tug’ilgandagina bajariladi. Kuzgi davrda qoplamaning qishki davrda izlar va
ko‘ndalang to‘lqinlarsiz, tekis holatda ishlashini hisobga olib profillash amalga
oshiriladi. Bahorgi davrda qatnov qismini loy va qor yoki muz qatlamlaridan
tozalanadi. Yo‘lni qor va muzning asosiy massasi tozalanganidan so‘ng 3 – 5 kun
davomida loy hali qotmasdan avtogreyder yoki buldozer bilan yrngil tozalanadiga
holatda bo‘lganda qoplama tozalanadi.
|