1 A. X. O‘roqov




Download 10.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/101
Sana23.06.2022
Hajmi10.95 Mb.
#24296
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
O\'roqov tamirlash va saqlash
Reference-346211105004, 1-MAVZU, Молия, abdulla-qodiriy-romanlarida-badiiy-asar-poetikasi, Shashka talabnoma ko\'chalar kesimida namuna, Ijara rasm 28-maktab, KIRISH, Талабнома
 


 
20 
1.2. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining 
asosiy maqsadi va vazifalari 
Avtomobil yo‘llari – hisobiy yuk va belgilangan tezlikda transport 
vositalarining uzluksiz, qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun mo‘ljallangan 
muhandislik inshootlari majmuasi hisoblanadi. Bu majmuaga yo‘l poyi, yo‘l 
to‘shamasi, quvurlar, boshqa sun’iy inshootlar, yo‘l jihozlari va himoya 
inshootlari, avtoservis, yo‘l va avtotransport xizmati bino va inshootlari kiradi. 
Yo‘l va yo‘l inshootlari elementlari va parametrlari holati ularning texnik 
darajasini va ekspluatastion holatini aniqlaydi.
Avtomobil yo‘llarining texnik darajasini va ekspluatastion holatini talab 
darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun yo‘llarni ta’mirlash va saqlash korxonalari 
tashkil etilgan. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining yakuniy 
maqsadi - transport va yuk hajmining o‘sishiga muvofiq yo‘llarning texnik darajasi 
va ekspluatastion halatini qo‘llab quvvatlash va doimiy ravishda yaxshilash, 
natijada transport vositalarining samaradorligini oshirish, transport xarajatlarini 
kamaytirish hisoblanadi.
Yo‘llarning texnik darajasini va ekspluatastion holatini murakkab tabiiy-iqlim 
sharoitida oshirish, yo‘llarning yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydi. Buni faqat 
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash 
va yo‘llarni ekspluatastiya qilishning nazariy asoslarini va amaliy ilg’or tajribalarni 
yaxshi bilish bilan amalga oshirish mumkin.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy 
maqsadi quyidagilaridan iborat: talabalarni yo‘l va yo‘l inshootlarini samarali 
ta’mirlash va saqlash uslublari va zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish
o‘rgatish va ularni mavjud avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini talab qilingan 
texnik darajasini va ekspluatastion holatini ta’minlash bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalarini shakllantirish, yo‘llarni ta’mirlashlararo davrini va xizmat 
muddatini ta’minlash.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy 
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 


 
21 
bo‘yicha ishlarning amaliy ahamiyati, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 
bo‘yicha ishlar tasnifi, yo‘llarni ta’mirlashlararo muddatini va xizmat muddatini 
ta’minlash, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlar tizimi va 
ularni rejalashtirish, avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash texnologiyalarini 
rivojlanishi, 
avtomobil 
yo‘llarini 
ta’mirlash va saqlashda zamonaviy 
mexanizastiyani qo‘llash, murakkab sharoitda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va 
saqlash ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini saqlash texnologiyalari
avtomobil yo‘llarini qish davrida saqlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini 
ko‘kalamzorlashtirish texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash 
texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash texnologiyalari, 
avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish, avtomobil 
yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish va ishlarni qabul qilish, 
avtmobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha mablag’lar sarfini 
hisoblash 
tamoyillari 
haqida 
talabalarning 
tushuncha 
va 
tassavurlarini 
shakllantirish.

Download 10.95 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Download 10.95 Mb.
Pdf ko'rish