Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining tuzilishi




Download 10.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana23.06.2022
Hajmi10.95 Mb.
#24296
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
O\'roqov tamirlash va saqlash
Reference-346211105004, 1-MAVZU, Молия, abdulla-qodiriy-romanlarida-badiiy-asar-poetikasi, Shashka talabnoma ko\'chalar kesimida namuna, Ijara rasm 28-maktab, KIRISH, Талабнома
1.5. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining tuzilishi 
va ularning asosiy vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida» 2017 yil 14 
fevraldagi PF-4954-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi 
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining faoliyatini samarali tashkil etish 
maqsadida 2017 yil 14 fevralda PQ-2776-sonli “O‘zbekiston Respublikasi 
avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi vazirlar 
mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish 
to‘g’risida”gi qaror qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat 
qo‘mitasi tarkibida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Umumiy foydalanishdagi 


 
27 
avtomobil 
yo‘llarini 
qurish 
va 
rekonstrukstiya 
qilish 
Direkstiyasi”, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari hududiy bosh 
boshqarmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari 
hududiy bosh boshqarmalari tarkibida unitar korxonalar shaklidagi mintaqaviy 
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil 
etish, «Transyo‘lqurilish» DUKni O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari 
davlat qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar 
avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari tarkibida tuman yo‘llardan 
foydalanish 
korxonalari, 
yo‘llardan 
muntazam 
foydalanish 
korxonalari, 
ko‘priklardan foydalanish korxonalari, mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi 
xizmatlari, mintaqaviy yo‘llarni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan korxonalar, yo‘l 
ta’mirlash va qurish korxonalari, «Avtoyo‘lnurta’mir», «Respublika dispetcherlik 
markazi», «Axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi», 
«Avtoyo‘lmexanizastiya», 
«Avtoyo‘lservis», 
«Avtoyo‘lta’minot» 
va 
«Avtoyo‘lkukalamzorlashtirish» unitar korxonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi uning 
tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning muassisi hisoblanadi. Umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstrukstiya qilish 
va ta’mirlash bo‘yicha bosh buyurtmachi vazifalari «Umumiy foydalanishdagi 
avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstrukstiya qilish Direkstiyasi» DUKga 
yuklatilgan. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar 
posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini (keyingi o‘rinlarda — mintaqaviy 
avtomobil yo‘llari) loyihalashtirish, qurish, rekonstrukstiya qilish va ta’mirlash 
bo‘yicha bosh buyurtmachi vazifalari Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar 
avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi mintaqaviy yo‘llarga 
buyurtmachi xizmatlariga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tarkibiy 
korxonalari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini va mintaqaviy avtomobil 
yo‘llarini qurish, rekonstrukstiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudratchi 
korxonalar hisoblanadi.


 
28 
1.6-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari 
hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi tuman yo‘l-ekspluatastiya korxonalari 
namunaviy tuzilish sxemasi
1.7-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari 
hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi muntazam foydalanish korxonalari 
namunaviy tuzilish sxemasi


 
29 
1.8-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari 
hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi yo‘l ta’mirlash-qurish korxonalari 
namunaviy tuzilish sxemasi

Download 10.95 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Download 10.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining tuzilishi

Download 10.95 Mb.
Pdf ko'rish