|
1-amaliy ish
|
bet | 4/27 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,02 Mb. | | #138526 |
Bog'liq 1-amaliy ishСоединение с Интернетом yorlig’i kompyuterni global xalqaro tarmoq, ya’ni Internetga ulash uchun xizmat qiladi.
6. Windows OT topshiriqlar jadvali
Sizning kompyuteringiz Windows OTga yuklangan bo’lsa, OTning bosh oynasini quyi qismida topshiriqlar jadvali paydo bo’ladi.
Topshiriqlar jadvali kompyuterda qanday dasturlar ishlab turganligi haqida ma’lumot berib ular bilan muloqotga mo’ljallangan. Agar biron-bir dastur ishga tushirilsa, shu dasturning nomi yozilgan tugmacha topshiriqlar jadvalida paydo bo’ladi. Topshiriqlar jadvalida lotincha shriftdan krillcha shriftga o’tish va aksincha vazifani bajarish mumkin. Topshiriqlar jadvalida vaqt ham ko’rsatiladi.
Windows OTning asosiy menyusi ( «Пуск» tugmachasi)
Tizimning asosiy menyusi Пуск tugmachasi yordamida ekranga chiqarilib ekranda quyidagi qo’rinish hosil bo’ladi.
Программы- bu menyu bo’limida yordamchi oyna mavjud bo’lib, bunda Windows yordamida ishga tushirilishi mumkin bo’lgan va o’rnatilgan barcha dasturlar ro’yxati mavjud. Bu dasturlar o’zining vazifasiga ko’ra yordamchi oynadan bo’limlarga bo’lingan holda tasvirlanadi. Программы menyu bo’limida joylashgan dasturlarni ishga tushirish uchun dastlab sichqoncha ko’rsatkichi Пуск tugmachasiga, so’ngra Программы menyu bo’limiga keltiriladi va ekranda paydo bo’lgan dasturlar ro’yxatidan keraklisi tanlanadi va «sichqoncha»ning chap tugmachasi ikki marta bosiladi. Masalan, Word matn muharririni ishga tushirish quyidagicha bajariladi:
ПускПрограммыMicrosoft Word.
Документы-bu menyu bo’limida foydalanuvchi matnli, jadvalli va boshqa dasturlarda ishlagan oxirgi fayllarning ro’yxati mavjud bo’lib, ular asosan tez ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Bundagi ixtiyoriy Файл «sichqoncha» tugmachasini bosish bilan ishga tushiriladi.
Справка- bu menyu bo’limi yordamida Windows muhitida yordam olish mumkin. Bu ishni [F1] tugmachasini bosish bilan ham bajarsa bo’ladi.
Выполнить- bu menyu bo’limi qattiq diskda yoki CD-ROM disklarda joylashgan dasturlarni yuklash uchun xizmat qiladi. Ishga tushirilgan dastur o’zgartirilmaguncha menyu oynasida saqlanadi.
Завершение работы -bu menyu bo’limi yordamida kompyuterni o’chirish, qayta ishga tushirish, MS DOS rejimida qayta ishga tushirish, kompyuter ishini vaqtinchalik to’xtatish mumkin.
Завершение сеанса -bu menyu bo’limi ishlayotgan rejim(seans)dan chiqish uchun xizmat qiladi va bu rejimga qaytadan o’sha yoki boshqa nom, hamda парол bilan kirishni ta’minlaydi.
Настройка-bu menyu bo’limi tizimdagi barcha uskunalarni(printerlar, modem, shrift va hokazo) qayta sozlash imkonini beradi.
«Найти»-bu menyu bo’limi Файл va kataloglarni tez izlab topish, Internet hamda Elektron pochta manzillarini topish uchun qo’llaniladi.
|
| |