Disketni formatlash
Asosan yumshoq disketlarni birinchi marta ishlatishdan oldin disk bilan operatsion tizim orasida muloqatga imkoniyat yaratish diskni formatlash lozim. Disketni formatlashdan asosiy maqsad:
yangi disketni ishga tayyorlash, sistemali disket tayyorlash, disketni tozalash va uning yaroqsiz qismlarini belgilash. Qatiq disk(vinchester)ni ishlatishga tayyorlashni sistemachi dasturlovchi bajarishi lozim.
Windows OTda A: disketni formatlash uchun uning
ishchi stolidagi Мой компьютер yorlig’iga kiriladi va
belgisida sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi. Ekranda paydo bo’lgan buyruqlar to’plamidan Форматировать buyrug’i tanlanadi va muloqat oynasidan formatlash o’lchami(1.44 MB(3,5) yoki 720 KB(3,5)) va usuli tanlanadi, hamda Начать tugmachasi bosiladi.
Disketni formatlashda tezlikda(disk mundarijasini tozalash) yoki to’liq(buzilgan sektorlarni sozlaydi) formatlash usullaridan birini tanlash mumkin.
7. Windows Commander dasturida ishlash
Keyingi yillarda Peter Norton Computing tomonidan yaratilgan Norton Commander (NC) qobiq dasturi o’rnida Windows Commander dasturi ommaviy ravishda keng miqyosda qo’llanila boshladi. CHunki bu dastur yordamida Windows muhitida foydalanuvchilar osonlikcha Файл va kataloglar yaratish, qayta nomlash, nusxa olish, o’chirish kabi ishlarni aniq bajara oladi.
Umuman olganda Windows Commander dasturi yordamida NC dasturidagi kabi ishlarni tizlikda bajarish mumkin.
Windows Commander dasturini yuklash va undan chiqish
Windows Commander dasturini yuklash uchun quyidagi
buyruqlar ketma-ket bajariladi:
ПускПрограммыWindows Commander
1-rasm. Windows Commander dasturini yuklash.
Windows ishchi stolida joylashgan Windows Commander yorlig’i yordamida ham dasturni yuklash mumkin.
Dastur yuklangandan keyin ekranda quyidagi ko’rinishdagi holat paydo bo’ladi (2-rasm).
2-rasm. Windows Commander dasturi oynasining umumiy ko’rinishi.
Ekranning quyi qismida Windows Commander dasturining funktsional tugmachalari bajaradigan vazifalari bilan keltirilgan.
Ularning tavsifi quyidagicha:
|