|
Kislorod-elektr yoyi yordamida kesish
|
bet | 13/18 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 5,69 Mb. | | #240229 |
Bog'liq Eritib payvandlash 4-kursKislorod-elektr yoyi yordamida kesish. Kislorod-elektr yoyi bilan kesishda metall dastlab elektr yoyi bilan suyuqlantiriladi va so‘ngra kislorod oqimida yonib soviydi. Kislorod-elektr yoyi bilan kesish sxemasi 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm.Dastakli kislorod-yoyli kesish chizmasi:
a – o‘rnatish sxemasi; b – elektrod va kesuvchi soploning joylashish sxemasi: 1 – kislorod balloni; 2 – reduktor; 3 – keskich, 4 – kesilayotgan metall; 5 – tutashish; 6 – elektrod; 7 – elektrod tutkich; 8 – niqob; 9 – payvadlash transformatori; 10 – biriktirgich ajratgich; 11 – tarmoq; 12 – elektrod; 13 – yoy.
Havo-yoy yordamida kesish. Xavo-elektr yoyi vositasida kesishda metallni buyum va ko‘mir elektrod orasida yonuvchi yoy bilan suyultiriladi va siqilgan havooqimi yordamida siljitiladi (3-rasm).
3-rasm.Havo-yoy yordamida kesish jarayonining sxemasi:
1 – keskich; 2 – havooqimi; 3 – ariqcha; 4 – ko‘mir elektrod.
Metallarni havo-elektr yoyi yordamida kesishda teskari qutbli o‘zgarmas tok ishlatiladi, chunki to‘g‘ri qutbli tokdan foydalanilsa, metallning katta hududda suyuqlanib, uni havo vositasida siljitish qiyinlashadi. O‘zgaruvchan tokdan foydalanish ham mumkin. Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun quyidagi kesgichlardan foydalaniladi:
a) havo oqimi ketma-ket joylashgan keskichlar;
b) havo oqimi halqa simon joylashgan keskichlar.
Elektrodga nisbatan havooqimi ketma-ket joylashgan kesgichlarda siqilgan havo elektrodni bir tomonidan o‘tadi.
Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun ko‘mir va grafit elektrodlardan foydalaniladi. Grafit elektrodlar ko‘mir elektrodlarga qaraganda chidamliroq. Elektrodlar doiraviy va plastinasimon shaklda bo‘ladi. Havo-elektr yoyi vositasida kesishda tok kattaligi quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
I=k∙de,
bundaI – tok ko‘chi, a;
de – elektrod diametri, mm;
k – elektrod materialining issiqlik fizik xossalariga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient bo‘lib, ko’mir elektrodlar uchun 40–48 A/mm, grafit elektrodlar uchun 60–62 A/mm.
Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun energiya manbalari sifatida standart payvandlash o‘zgarmas tok o‘zgartirgichlari yoki payvandlash ransformatorlaridan foydalaniladi.
Kesgich bosimi 0,4–0,6 MPa bo‘lgan sex tarmog‘idan yoki ko‘chma kompressorlardan ta’minlanadi. Havo-elektr yoy vositasida kesishda 0,7 MPa dan ortiq siqilgan havodan foydalanish yaramaydi, chunki kuchli havooqimi yoyning turg‘un yonishini keskin yomonlashtirib yuboradi.
Havo-yoy vositasida kesish, sirtni tekislashga va kesib ajratishga bo‘linadi. Metall va payvand choklaridagi nuqsonli joylarni to‘ldirish, shuningdek chok asosini hamda faskalarni olib tashlash uchun sirtni tekislash ishlari olib boriladi. Faskani ayni bir vaqtda listning har ikki chetidan olish mumkin. Tekislash vaqtidahosil bo‘ladigan ariqchaning kengligi elektrod diametridan 2–3 mm ortiq bo‘lishi kerak.
Kesib ajratishdava sirtni tekislashda keskichni joylashishi 4-rasmda ko‘rsatilgan.
|
| |