|
1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Himoya gazlar muhitida yoyli yarim avtomatik usulda payvandlashni o‘rganish Ishdan maqsad
|
bet | 10/18 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 5,69 Mb. | | #240229 |
Bog'liq Eritib payvandlash 4-kursYig’ish sifatini tekshirish:
a) chetlarini ochish burchagini; b) to’g’ri burchagini; d) chetlarining past balandligini; e) uchlarini ustms-ust qo’yib payvandlashda tunukalar orasidagi tirqishini; f) tavr qilib va uchma-uchiga payvandlashdagi tirqishini tekshirish.
Nazorat savollari
Payvandlash apparati?
Turli materiallar degani nima?
Ish qismlarining chetidan ortiqcha qatlamlar nima?
8-Amali mashg’ulot
Mavzu: Flyus ostida avtomatlashtirilgan payvandlash usulini texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Ishdan maqsad: Flyus ostida payvandlashda buyumni yig‘ish
Flyus ostida payvandlashni o ‘zgaruvchan tokda ham, o‘zgarmas tokda ham bajarish mumkin. Flyus ostida hosil qilingan payvand chok metali taxminan 1/3 qism suyuqlangan qo‘shimcha materialdan va 2/3 qism qayta suyuqlantirilgan asosiy metalldan iborat bo‘ladi. Suyuqlantirilgan flyusning og‘irligi suyuqlantirilgan qo‘shimcha ashyo og‘irligiga taxminan 1:1 nisbatda bo‘ladi.
Flyus ostida payvandlashda buyumni yig‘ish va qirralarni tayyorlash yoyli dastaki payvandlashga nisbatan aniqroq bajariladi. Aniq bir rejimga o‘rnatilgan avtomat berilgan jarayon bo‘yicha payvandlaydi va qirralarni tayyorlashda hamda buyumni yig‘ishda og‘ishlarni hisobga ololmaydi va to‘g‘rilay olmaydi. Payvandlashdan oldin detallar stendlarga mahkamlanadi yoki boshqa uskunalar bilan turli qurilmalar yordamida sifatli qoplamli elektrodlar bilan dastaki payvandlash usulida har joydan tutashtirib payvandlanadi. H ar joydan tutashtirish uzunligi 50—70 mm bir-biridan oraliq masofasi 400 mm dan oshmasligi, chetlarini har joydan tutashtirish chok chetidan 200 mm dan kam bo‘lmagan masofada bo‘lishi kerak.
Har joydan tutashtirganda shlak va metall sachratqilardan yaxshilab tozalangan bo‘lishi lozim. Chok bo‘ylab payvandlashda elektrodni chokka kiritish va payvandlashdan so‘ng buyum chokidan tashqariga chiqarib tashlash uchun qirralarga kiritish va chiqarish plankalari payvandlab qo‘yiladi. Planka tayyorlash shakli asosiy chok qirralari tayyorlanishi shakliga mos kelishi kerak. Uchm a-uch choklarni avtomatik payvandlashda qirralarga ishlov berilib va ishlov berilmasdan bajariladi.
Ushbu holda ham chok bir va ikki tomonli bo‘lishi hamda bir va ko‘p qatlamli bo‘lishi mumkin (1-rasm). Agar to ‘la qizdirilganda ta ’sirlanmasa, u holda qalinligi 20 m m bo‘lgan uchm a-uch birikmalarni bir o‘tishda bir tomonli chok bilan qirralarga ishlov bermasdan payvandlash m um kin. 5—6 m m qalinlikdagi d etallarni uch m a-u ch payvandlashda qirralar to‘liq erishi uchun, qoldirilgan tirqish bo‘ylab payvandlanadi. Qirralarga ishlov bermasdan tirqishsiz bir tomonli payvandlashni qalinligi 14 mm gacha bo‘lgan metallarda bajarish mumkin.
1-rasm Flyus ostida bajarilgan uchma-uch choklarning turlari: a) bir tomonli (birikma qirralarga ishlov berilmasdan bajarilgan); b) bir tomonli (birikma qirralarga ishlov berilib bajarilgan); d) ikki tomonli (birikma qirralarga ishlov berilmasdan bajarilgan); e) bir tomonli ko‘p qatlamli (birikma qirralarga ishlov berilib bajarilgan).
Bir tomonli uchm a-uch payvandlash uncha mas’uliyatli bo‘lmagan payvand choklarda yoki buyum konstruksiyasini ikki tomonli payvandlashga imkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Erigan metallning katta hajmdaligi, erish chuqurligi kattaligi metallni tirqishlarga oqib ketishiga va chok shakllanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu holatni bartaraf etish maqsadida, flyus ostida avtomatik payvandlashdan oldin erigan metall oqib ketmasligi uchun buyumning tagidan flyus yostig‘ida osib qo‘yib, po‘lat yoki mis ostqo‘ymalardan yoxud dastaki usulda payvandlab olinadi. Avtomatik payvandlash usulida har joydan payvandlab ilashtirib olish mumkin bo‘lmaydigan hollarda, masalan, kichik diam etrli silindrik buyum larning halqasim on choklarini payvandlashda, oldin qo‘lda payvandlab ilashtirib olinadi, keyin avtomatik usulda payvandlanadi.
Yupqa tunukalarni payvandlashda olib tashlanadigan mis ostqo‘yma ishlatiladi (2-rasm, a), bunda yetarli darajada aniq yig‘ish va qirralarni mis ostqo‘ymaga chokning butun uzunligi bo‘yicha zich bostirib qo‘yish talab etiladi (maksimal tirqish 0,25—0,5 mm). Chok tubi sohasida valik hosil qilish uchun mis ostqo‘ymada ariqchalar qilinib, u ba’zan flyus bilan to‘ldiriladi. 121 Qolib ketadigan po‘lat ostqo‘yma (2-rasm, a ga qarang) yupqa tunukalarga payvandlashda ishlatiladi, bunda jipslashtirib payvandlanadigan elementlar orasida mis ostqo‘ymada payvandlashdagiga qaraganda katta tirqish bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, ostqo‘yma bilan buyum orasidagi tirqish 1 mm dan oshmasligi kerak. Qolib ketadigan ostqo‘ymada payvandlashning bir turi qulf qilib payvandlashdir (2-rasm, b), bu usul kichik diametrli, qalin devorli silindrlarda halqasimon chok hosil qilishda qo‘llaniladi. Flyus yostig‘idan foydalanilganda (2-rasm, d) mis ostqo‘ymada payvandlashdagiga qaraganda yig‘ishning juda aniq bo‘lishi talab qilinmaydi; bir o ‘tishda tunukaning butun qalinligi bo‘yicha payvandlashda ham yaxshi natijalarga erishiladi. Flyusli yostiqcha havo to‘ldirilgan rezinali shlang yordamida yoki buyum xususiy og‘irligi ta’sirida payvandlash qirralariga qisiladi. Buyum payvandlanayotgan qirralari qalinligiga nisbatan havo bosimi ingichka qirralar uchun 0,05—0,06 M Pa va qalin qirralar uchun 0,2—0,25 MPa bo‘ladi. Ikki tom onli uchm a-uch payvandlash chok sifatining yanada yuqori bo‘lishini beradi. Qurilish-montaj konstruksiyalarni tayyorlashda ikki tom onli payvandlash usuli asosiy hisoblanadi. U chm a-uch birikmalarni avtomat bilan payvandlashda avval bir tomoni payvandlab olinadi, erish chuqurligi asosiy metall qalinligining 60—70% ini tashkil etishi
a) mis yoki po‘lat ostqo‘ymada; b) «qulf» qilib biriktirishda; d) flyus yostig‘ida (1—rezina shlang; 2—flyus; 3—buyum)
|
| |