|
1-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Logistika faniga kirish Ishdan maqsad
|
bet | 1/2 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 25,58 Kb. | | #143695 |
Bog'liq 1-amaliy. Logistika faniga kirish
1-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Logistika faniga kirish
Ishdan maqsad: Logistika fani haqida dastlabki tushunchalar va uning rivojlanish bosqichlari bilan tanishish.
Blis-so’rov savollari
1. “Logistika” ta’rifi va uning lo’gaviy ma’nosi
2. Logistikaning predmeti va ob’ekti nima?
3. Logistikaning rivojlanish bosqichlarini
4. Logistikaning funksional sohalarini
5. Logistikaning asosiy maqsadi nima?
6. Logist kim?
1.1-ilova
Suhbat o'tkazishning asosiy qoidasi
So'zlayotgan shaxsning fikrini diqqat bilan eshiting.
Suhbatdoshning qiziqishlarini ham hisobga oling.
Suhbatlashayotganda so'zlashuv odobiga rioya qiling.
Xar bir jumlani sizni tinglayotganlarga to'liq yetkazishga xarakat qilish
Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar
1.1 - jadval
Logistika vositalari
N
|
Sohalari logistikasi
|
Vazifalar va xizmatlar
|
1
|
2
|
3
|
1
|
Zahiralar / sotib olib g’amlash
|
– zaruriy moddiy zahiralarni rejalashtirish, shakllantirish va uni saqlash uchun xarajatlar;
– ishlab chiqarishda materiallarga bo’lgan ehtiyojlarni imkon qadar maksimal iqtisodiy samara bilan qondirish.
|
2
|
Ishlab chiqarish
|
– moddiy boyliklar yaratish, moddiy xizmatlar ko’rsatish (oldin yaratilgan boyliklarning qiymatini oshirish bo’yicha xizmatlar).
|
3
|
Servis
|
– tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida xizmat ko’rsatish.
|
4
|
Taqsimot
|
– xaridorlar talabini aniqlash, xo’jalik aloqalarini o’rnatish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, tovar harakatining rasional shakllarini tanlash va savdoni tashkil etish.
|
5
|
Mahsulotni tashish (transportirovka)
|
– transport turini tanlash, rejalashtirish va mahsulotni yetkazib berish bo’yicha;
– manitoring o’tkazish.
|
6
|
Omborga joylash va omborda mahsulotga ishlov berish
|
– omborni joylashtirish variantini tanlash, omborda qayta ishlashni boshqarish, o’rash.
|
7
|
Axborot ta’minoti
|
– moddiy oqimlarning harakati bo’yicha ma’lumotlar yig’ish, logistik jarayonlarni kompyuterlar bilan boshqarish.
|
Logistik tizimning elementlariga quyidagilar kiradi: qazib oluvchi, qayta ishlovchi korxonalar va boshqa ombor quvvatlari, yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, axborot tizimlari, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatish moslamalari, boshqaruv organlari (menejment).
Moddiy oqimlar tizimining muvaffaqiyatli ishlashi logistik infratuzilmaning rivojlanishiga bog’liqdir.
Logistika infratuzilmasi deganda bir korxonadan boshqa korxonaga moddiy va axborot oqimlarini ishonchli va bir maromda yetkazib turilishini ta’minlaydigan transport va boshqa zaruriy elementlarning yig’indisi tushuniladi.
Logistika faoliyatining asosiy sohalaridan biri yuklarni taqsimlash, ularni bevosita iste’molchilargacha yetkazib berish xisoblanadi. Logistika faoliyati birinchi navbatda yuklarni tashish uchun zarur bo’ladigan transport bilan juda bog’likdir. Transport faoliyatining asosiy ko’rsatkichi bu bajarilgan transport ishlarini, ya’ni yuklarni ma’lum bir masofaga eng kam xarajatlar bilan tashish xisoblanadi.
Quyidagilarga qilingan xarajatlar logistik sarf-xarajatlar hisoblanadi:
• tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, yuklarni manipulyasiya qilishga qilingan sarf-xarajatlar;
• transport-ombor ishlarining xamma turlari bo’yicha taxlash;
• axborot xizmatini ko’rsatish, ya’ni axborot oqimlarini tashkil etish;
• aylanma mablag’larni tutib turishga va omborlarda yuklarni saqlab turish natijasida qilinayotgan tavakkalchilik;
• logistik boshqarishga qilingan sarf-xarajatlar.
Moddiy (yuk) oqimlarining faoliyat yuritishi bilan bog’lik bo’lgan zarur tushunchalardan biri axborot oqimlaridir. Shuningdek, teskari aloka, ya’ni rejalashtirilgan ish qanday natija bilan tugaganini solishtirish uchun zarur bo’ladigan axborot va aloqa tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Teskari aloqa logistik jarayonlarni yanada samaraliroq boshqarishga imkon beradi.
Axborot oqimlari deganda logistik kanallar orqali o’tadigan axborot kanallarining yig’indisi tushuniladi.
Logistik kanal yetkazib beruvchi, iste’molchi, tashuvchi, vositachi, sug’urtachilardan iborat qisman tartibga solingan ko’prikdir. Iste’molchi yoki yetkazib beruvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida tashuvchilarni, sug’urtachilarni va boshqalarni turli xil mezonlar bo’yicha (sifat, xizmat ko’rsatish darajasi va boshqalar), turli xil usullar bilan (reytingini hisoblash, operasiyalarni tadqiq qilish usullarini qo’llash va boshqalar) tanlash imkonyatiga egadir. Tanlash amalga oshirilgandan so’ng logistik kanal logistik zanjirga aylanadi.
|
| |