• Python organish uchun sabab: Moslashuvchanlik
  • O‘rganish va qo‘llashning soddaligi. Mukammal kutubxonaning mavjudligi. Mashhur firmalarning ushbu dasturdan foydalanishi.
  • 1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Python dasturlash tiliga kirish, Python dasturlash tili Python




    Download 46.23 Kb.
    Sana29.09.2023
    Hajmi46.23 Kb.
    #85674
    Bog'liq
    1-Amaliy
    maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, Нефт Yangi qo`llanma, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza

    1-Amaliy mashg’ulot.
    Mavzu: Python dasturlash tiliga kirish, Python dasturlash tili
    Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — paytonpiton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan[4]. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.
    Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.
    Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi[5].
    Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo[6] portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan.

    Python — o'rganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, dasturlashga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zo'r tanlov.



    • Python dasturlash tiliga bo'lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko'ra, 2022 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko'p talab bo'lgan.

    Python Artificial Intelligence (Sun'iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma'lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.
    Python o'rganish uchun sabab:

    • Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma'lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan.

    • Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo'nalishlarga ki'rish imkonini beradi. Python quyidagi sohalarda qo'llaniladi: Web va Internet dasturlash, kompyuter o'yinlarini yaratish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo.

    Python dunyo miqyosida eng ommalashgan, mukammal dasturiy mahsulotlarni yaratishga mo‘ljallangan dasturlash tillaridan biri bo‘lib, uning yordamida web-sayt, ilova va o‘yinlar yaratiladi. Quyidagi imkoniyatlar bu tilni o‘rganish uchun yordamchi omillar hisoblanadi.
    O‘rganish va qo‘llashning soddaligi.
    Mukammal kutubxonaning mavjudligi.
    Mashhur firmalarning ushbu dasturdan foydalanishi.
    Python interpretatorining bepul o‘rnatilishi.
    O'rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod. Quyidagi ikki tilda yozilgan kodlargaga e'tibor bering, va ulardan qay biri tushunarliroq ekanini ko'ring (ikkisi ham bir vazifani bajaradi):

    Download 46.23 Kb.




    Download 46.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Python dasturlash tiliga kirish, Python dasturlash tili Python

    Download 46.23 Kb.