• Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismi
  • 1-amaliy mashg‘ulot. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari. Mashg‘ulotning maqsadi




    Download 350.72 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana13.03.2023
    Hajmi350.72 Kb.
    #45143
      1   2   3
    Bog'liq
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий


    1-amaliy mashg‘ulot. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari.
    Mashg‘ulotning maqsadi: Zamonaviy axborot texnologiyalarining o„quv-texnik 
    vositalari bilan tanishish o„quv-texnik vositalari bilan ishlashni amaliyotda o„rganish. 
    Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismi: O„quv jarayonidagi asosiy muammolardan 
    biri talabalarning o„zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunishlari, 
    xotiralarida saqlash va olingan bilimni amaliyotda qo„llash yo„llarini egallashni 
    yaxshilashdan iborat bo„lmoqda. Ma‟lumki, inson ma‟lumotlarning 80 foizini ko„rish, 15 
    foiziga yaqinini eshitish va qolgan 5 foizini tam bilish sezgi organlari orqali oladi. Biroq 
    hayotda ma‟lumotlarni faqat qabul qilibgina qolmay, uni yodda saqlash ham kerak [8].
    Kompyuter va mobil qurilmalar bilan birgalikda, ta‟lim jarayonida zamonaviy 
    o„qitish texnik vositalari keng qo„llanib kelinmoqda. Interfaol vositalar yordamida, yangi 
    mavzuni o„rganishda, talabalar bilimini mustahkamlashda va nazorat qilishda, grafika, 
    tovush va zamonaviy texnologiyalari bo„yicha yaratilgan multimedia mahsulotlaridan 
    maksimal darajada unumli foydalanish mumkin. Bunda bilim olish jarayoni motivatsion 
    va kreativ tus oladi[11].
    ACTIVboard (interfaol doska) bu – kompyuter va proyektor bilan birgalikda 
    ishlaydigan ta‟lim berishning zamonaviy texnik vositasidir(1-rasm). Interfaol doska 
    tarkibiga o„zidan tashqari maxsus elektron qalam(stilus), dasturiy ta‟minot vositalari 
    (interfaol doskaning drayveri va maxsus grafik muharrir) hamda USB kabel kiradi. 
    1-rasm. ACTIVboard (interfaol doska) 
    Tegishli sozlash amallari bajarilgandan so„ng, interfaol doska ishchi holatga 
    keltiriladi. Proyektor yordamida interfaol doska yuzasiga tushirilayotgan tasvirlar bilan 
    interfaol usulda ishlash mumkin. Ya‟ni, elektron qalam yordamida kompyuterning grafik 
    interfeysini boshqarish, turli obyektlarni yaratish, oldin yaratilgan obyektlarni ochish, 
    ularga tegishli o„zgartirishlar kiritish amallarini bajarish ham mumkin bo„ladi. Kiritilgan 
    barcha o„zgartirishlar va yaratilgan yangi obyektlarni, ularga kelgusida qo„shimcha ishlov 
    berish uchun kompyuter xotirasiga yozib qo„yish yoki tashqi axborot tashuvchi vositalarga 
    ko„chirib olish mumkin. Interfaol doska maxsus elektron qalam orqali, shuningdek qo„l 
    barmoqlari bilan ham boshqariladi va maxsus elektron qalam yoki qo„l barmoqlari 
    kompyuter sichqonchasi kabi ishlaydi[10]. 
    Ta‟lim jarayonida interfaol doskadan ikki rejimda foydalanish mumkin:
    birinchi rejimda elektron qalam faqat kompyuter sichqonchasining vazifasini 
    bajaradi; 


    ikkinchi rejimda esa u maxsus dasturiy ta‟minotning barcha uskunalari vazifasini 
    bajaradi (masalan: oddiy qalam, marker, mo„yqalam, o„chirgich, qaychi, lupa va 
    boshqalar); 
    Elektron qalamning doska yuzasidagi holati va harakatlariga oid ma‟lumotlar 
    elektron doskadan USB kabel orqali kompyuterga uzatiladi va ushbu ma‟lumotlar qayta 
    ishlanib elektron qalamning harakatiga mos ravishda amallar bajariladi[34]. 

    Download 350.72 Kb.
      1   2   3




    Download 350.72 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg‘ulot. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari. Mashg‘ulotning maqsadi

    Download 350.72 Kb.
    Pdf ko'rish