1-amaliy mashg‘ulot. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari. Mashg‘ulotning maqsadi




Download 350.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.03.2023
Hajmi350.72 Kb.
#45143
1   2   3
Bog'liq
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
Interfaol qurilma – bu proektsion doskaga (magnitli doska, marker doskasi, sinf 
doskasi, sinf devori) yoki proyektorning o„ziga o„rnatiladigan va har qanday tekis, silliq 
ishchi yuzani interfaol holatga keltiradigan elektron qurilmadir. Ular uchun alohida 
maxsus doska talab etilmaydi. 
Interfaol qurilmalar tarkibiga qurilmaning o„zi, ya‟ni maxsus elektron qalamdan 
chiqayotgan signalni qabul qiluvchi moslama, ushbu qabul qiluvchi moslamaga infraqizil 
yoki ultratovushli signallarni yuboruvchi elektron qalam, interfaol qurilma va 
kompyuterning o„zaro aloqasini ta‟minlovchi USB kabel yoki simsiz qabul qilgich 
uskunasi, dasturiy ta‟minot kabi vositalar kiradi. Ular asosan infraqizil yoki ultratovushli 
texnologiyalar asosida ishlaydi. 
Interfaol qurilmalar bajaradigan vazifasiga ko„ra interfaol doskalarga to„liq mos 
keladi. Lekin, ulardan farqli ravishda mobil qurilma hisoblanadi. Ixcham va yengil 
bo„lganligi uchun ularni bir xonadan ikkinchisiga tez olib o„tib o„rnatish mumkin, bu o„z 
navbatida bunday qurilmalardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Darsdan keyin 
esa interfaol qurilmani yig„ishtirib mas'ul xodimga topshirish yoki o„qituvchilar 
xonasidagi belgilangan maxsus joyga olib qo„yish mumkin[14]. 
Interfaol qurilmalar kompyuterga to„g„ridan-tog„ri USB kabel orqali yoki simsiz 
qabul qilgich uskunasi yordamida ulanishi mumkin. Interfaol rejimda, o„qituvchi, xuddi 
elektron doskadagi kabi keng imkoniyatlarga ega bo„ladi. xususan: 
• kompyuterni doska oldida turib boshqarish imkoniyati: Microsoft Office dasturlari 
bilan ishlash, dars jarayonini oldindan tayyorlangan taqdimotlar, videofragmentlar, 
tasvirlar, chizmalar bilan namoyish etish
• interfaol qurilma dasturiy ta'minotining uskunalari yordamida ekrandagi tasvir 
ustiga yoki yangi varoq (slayd) ustiga chizish, bo„yash, rasm solish, yozish, tayyor 
obyektni o„rnatish, obyektlarni kattalashtirish, kichraytirish, boshqa joyga ko„chirish, 
ma'lum bir qismini belgilash imkoniyatlari; 
• doskada bajarilgan ishlarni fayl ko„rinishida kompyuter xotirasida saqlash yoki 
doskada amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarni videofayl formatida yozib olish; 
•o„zining shaxsiy dars ishlanmalarini yaratish, bunda interfaol jihozning dasturiy 
ta'minot kutubxonasidagi mavjud shablon va tasvirlardan foydalanish; 
•interfaol qurilmaning dasturiy ta'minoti tarkibiga kiruvchi tasvirlar kutubxonasini 
o„zi tayyorlagan yangi resurslar bilan boyitib borishi va boshqa imkoniyatlar[8]. 

Download 350.72 Kb.
1   2   3




Download 350.72 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg‘ulot. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari. Mashg‘ulotning maqsadi

Download 350.72 Kb.
Pdf ko'rish