|
Ilg’or o’qituvchining darsiga kirib, uni tahlil qiling
|
bet | 2/3 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 24,14 Kb. | | #147059 |
Bog'liq 1-amaliy mashg`uloti Mavzu Informatika fanlarini o`qitishda muaIlg’or o’qituvchining darsiga kirib, uni tahlil qiling.
Ta'limning qanday metodlaridan foydalandi? Bu metodlar
fanning va mavzuning mazmuniga qanday darajada
mosligini izohlang.
Sizningcha qanday metodlardan foydalanilganda dars yanada samarali bo’lishi mumkin edi?
Bu vazifalaming echimini topish uchun talaba birinchi o’rinda mavzu yuzasidan mavjud bilimlarni mufassal egallashi, ta'lim metodlarini bilishi va bir-biridan farqlay olishi zarur. Shu asosda o’qituvchining yutuq va kamchiligini tahlil qila oladi.
Muammoli savol va vazifalar birgalikda muammoli topshiriqning tarkibida kelishi mumkin. Muammoli topshiriq - o’qituvchi, ta'lim beruvchi, kitob muallifi tomonidan muammoli savol va vazifa shaklida bilim oluvchini muammoli vaziyatga tushiradigan o’quv topshirig’idir.
Muammoli topshiriqda muammoli savol va vazifalarning elementlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham muammoli vaziyatga olib kiradi.
Muammoli vaziyat - sub'ektning psixologik holati bo’lib, muammo bilan duch kelganda aqliy qiyinchilikning paydo bo’lishi zudlik bilan hal qilishga halaqit beradigan yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib, hosil bo’lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi.
Muammoli holat shaxsni yangi bilimlar olishga da'vat etadi
Ma'lumki, muammoli vaziyat hosil qilgandagina o’quvchilarni fikrlashga, munosabat bildirishga hamda xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Dars jarayonida o’quvchilar berilgan o’quv materialini eslabgina qolmay, balki uni boshqa materiallar bilan taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga yo’naltirilmog’i kerak bo’ladi. Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi ma lum muammoli vaziyatni tashkil qilar ekan, eng avvalo, o’quvchiga qo’yilayotgan muammoni to’g’ri anglatish, unda muammoni echishga qiziqish uyg’otish zarurdir.
Muammoli ta'limning mohiyati o’qituvchi tomonidan o’quv mashg’ulotida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, muammoli savol, topshiriq va vazifalarni bajartirish orqali yangi bilimlarni egallash bo’yicha ularning o’quv faoliyatini boshqarib borilishidir. Muammoli o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda o’qituvchi hech qachon o’quvchilarga tayyor javoblarni berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni egallashga yo’l ko’rsatishi, ayrim voqea, axborot va hodisalar misolida mustaqil ravishda uning echimi ustida ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga qaratishi lozim.
O'qituvchining faoliyati o’quv materiallarini bayon etishdan, o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish orqali mustaqil va ijodiy ishlashni tashkil qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini ob'ektiv baholash va rag’batlantirib borishdan iborat bo’ladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning zarur shartlaridan biri ta'lim jarayonida o’qituvchi, o’quvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlovchi, yo’naltiruvchi, maslahat beruvchi, tafakkurini rivojlantirishning to’g’ri yo’llarini ko’rsatuvchi, hamkorlik qiluvchi shaxs sanaladi. Bunga muammoli ta'lim orqali erishish eng ma'qul yo’l hisoblanadi.
Muammoli ta'lim mustaqil, ijodiy va faol o’zlashtirishni ta'minlash bilan birga, keng qamrovli fikr yuritishga, avvaliga o’zi uchun yangi bilimlarni kashf etishga va keyinchalik ilmni, fanni rivojlantiradigan kashfiyotlar qilishga zamin hozirlaydi.
Topshiriqlar:
Guruhning har bir talabasi muammoli ta’lim texnologiyasi, uning har bir shakli to`g`risida adabiyotlardan va Internetdan ma’lumotlar oladilar va bu ma’lumotlarni mantiqiy izchillikda fikrlab tizimlashtirish talab qilinadi.
|
| |