|
-Amaliyot Ishlab Chiqarish jarayonlari haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 4/6 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 212,05 Kb. | | #260815 |
Bog'liq Avtomaatika Amaliyot 3-Kursalar3-Amaliyot Ishlab Chiqarish jarayonlari haqida umumiy ma’lumotlar
Zamonaviy muhandislik jarayonida ishlab chiqarish jarayonida muayyan
mashinalar, anjomlar, apparatura va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni
amalga oshiradigan faoliyat majmuasini tushunish mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida turli xil ishlab chiqarish turlari, turli texnologik
jarayonlar, kompyuterlar bo’yicha hisob-kitoblar bilan bog’liq bo’lgan keng
doiradagi masalalar ishlab chiqarish jarayonining turli elementlari bajariladi.
Mashinasozlik korxonasi - ishlab chiqarish jarayonining barcha
elementlarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan kompleks majmua hisoblanadi.
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayoni uchta asosiy bosqichdan iborat:
ta’minot, qayta ishlash va yig’ish. Ta’minotni bajarish uchun zagotova tayyorlash
sexlari mavjud bo’lib u erda turli texnologik jarayonlar bajariladi.
Qayta ishlashning asosiy hajmi mashinasozlik korxonalarida amalga
oshiriladi.Bu erda mexaniq ishlov berish orqali o’tuvchi ish qismlari kerakli
konfigurasiyaga, yuqori aniqlik va mustahkamlikka ega bo’ladi. Individual ishlov
berish operatsiyalari orasidagi issiqlik ishlovi ixtisoslashgan issiqlik korxonalarida
yoki tegishli mashinalar yordamidakorxonalardagi issiqlik ishlov berish joylarida
amalga oshiriladi. Montaj sexlarida tayyor qismlar mexanizm va moslamadarga
o’rnatiladi,texnologik jarayon asosida birin-ketinlik bilan yig’iladi.Ular har bir
yig’ish bo’g’imdan keyin nazorat qilinadi.
Ishlab chiqarish jarayonining odatiy davomini ta’minlash uchun ta’mirlash
inshootlarida kapital ta’mirlash sexlari mavjul bo’lib ular odatda ishlab chiqarish
korxonalarida ishlaydigan barcha texnologik jihozlarga, shuningdek, uni
modernizasiya qilishga qaratilgan. Asboblar korxonasining vazifasi - barcha ishlov
berish ustaxonalarini asbob-uskunalar, namunalar, asboblar va boshqalar bilan
uzluksiz ta’minlash.
Diagrammada ko’rsatilganidek ishlab chiqarish jarayonining normal
ishlashi uchun yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni tashish va
saqlashning ilg’or tizimi talab etiladi. Zamonaviy mashinasozlik korxonasi
zamonaviy yuk tashish tizimiga ega bo’lib, korxonaning turli xil korxonalar va
hizmatlarini bir biriga bog’lab turadi. Asosiy yuk oqimlarining ba’zilari zanjirda
ko’rsatilgan.
Rivojlanishning hozirgi bosqichida texnologik jarayonning o’ziga xos
hususiyatlaridan biri korxona ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlariga
avtomatlashtirishning keng joriy etilishi hisoblanadi.
Ishlab Chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish texnologik jarayonlarni
ishlab chiqish, ishlab chiqarishning yuqori samarali avtomatlashtirilgan tizimlarini
yaratish va amalga oshirish, mehnat unumdorligini doimiy oshirib borish uchun bir
qator tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi.
Yaqin vaqtgacha mashinasozlikda avtomatlashtirishning asosiy yo’nalishi
mexaniq ishlov berishning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish edi:
avtomatlar va yarim avtomatlar, agregat mashinalari va avtomatlashtirilgan
liniyalar va agregatlarni yaratish va boshqalar. Bunday yo’nalish oxir-oqibat
avtomatlashtirilgan sexlar va uchastkalartashkil etishga olib keladi. Bu ishlab
chiqaruvchilarni to’g’ridan-to’g’ri mashinalarga hizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadigan to’g’ridan-to’g’ri ishchilar sonini sezilarli darajada kamaytirishga
imkon beradi.
So’nggi yillarda nazorat qilish va yig’ish jarayonlarini avtomatlashtirish,
nazorat-yig’ish va avtomatlashtirilgan liniyalarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli
ishlar amalga oshirildi. Ushbu jarayonlarni avtomatlashtirish, birinchi navbatda,
yirik ishlab chiqarish sanoatida (vakuum qurilmalari, radioelementlar, apparatura
va boshqalar) ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilashga imkon beradi,
shuningdek, nazorat qilish va yig’ishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Tayyor
mahsulotlarni nazorat qilish va yig’ish ularning ishlab chiqarishiga qaraganda
ko’proq ishchilarni jalb qiladiMashinasozlik korxonalarini kompleks avtomatlashtirishning strategiyasi
quyidagi masalalarni yechimi bilan aniqlanadi:
1) avtomatlashtirish ishlarini asosiy yo’nalishlari va ularni moxiyatini to’g’ri
tushunish;
2) avtomatlashtirilgan uskunalar va yangi usullar kelajagini ob’ektivligi va
ularni mavjud uskunalar bilan bog’liqligi. Bularni hammasini birin-ketinlik bilan
ko’rib Chiqamiz.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish deganda ko’p holatlarda inson
bajaradigan ishlarni qurilmalar, boshqaruv tizimlari va ularni nazorat qilish, ya’ni
avtomatikani qo’llash tushuniladi. Ammo, texnologik jarayonlar, konstrusiyalar va
mashinalarni kompanovkasi asosiyhisoblanadi. Masalani bunday yechimi noto’g’ri
hisoblanadi. Ishlab chiqarishni asosini texnologik jarayonlar tashkil qiladi va uning
tarkibiga chiqariladigan mahsulotning mumkin bo’lgan sifati va soni, ishlab
chiqarishni effektivligi, boshqaruv tizimi oldindan kiritilgan bo’lishi kerak.
Shuning uchun mashinasozlikda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish o’z ichiga
yangi texnikani yaratishda konstruktorlik-texnologik masalalarni kompleksini,
yuqori intensiv texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni unumdorlik
uskunalarini bevosita insonni ishtirokisiz bajarilishini o’z ichiga oladi.
Zamonaviy avtomat – bu texnologik va konstruktorlik masalalar yechimi
bo’lib bir vaqtni o’zida o’nlab, avtomatik liniyalarda yuzlab mexanizmlar va
asboblarni ishlashi tushuniladi. Bunday tizimlarni yaratilishi transportirovkalash,
yuklash hamda ularni orientasiyalash, aylantirish, chiqindilarni olib chiqish
jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.
4-Amaliyot.
|
| |