|
Avtomatlashtirishning birinchi bosqichida
|
bet | 6/6 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 212,05 Kb. | | #260815 |
Bog'liq Avtomaatika Amaliyot 3-KursalarAvtomatlashtirishning birinchi bosqichida qo’yilgan vazifalarni fizika,
matematika, matematik modellashtirishga oid bilimlardan, analog va hisoblash
mashinalaridan foydalanib nazariy hal etishdan iborat. Bu vazifani hal qilish
natijasida bo’lajak ob’ektning, masalan, tokarlik dastgohavtomatining fizik
matematik modeli dunyoga keladi. Bu vazifalarni tarmoq ilmiy-tekshirish
institutlari va konstruktorlik byurolari ko’rib chiqadi va hal etadi.
Model ishlab chiqilgandan so’ng uning texnikiqtisodiy ko’rsatgichlari
aniqlanadi va uning samaradorligi dastgohning mavjud modellariniki bilan
taqqoslanadi. Bunda birinchi navbatda, yaratiladigan modelning hamda texnologii
jarayonlarni boshqarish usullarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga
baho beriladi. Baho berishdan maqsad – modelning belgilangan funksiyalarni
bajara olishini aniqlash; uning yordamida ishlab chihariladigan mahsulotning
yuqori sifatli bo’lishiga, Yuqori mehnat unumdorligiga, yonilgi, jihoz va xomashyolardan maksimal darajada foydalanilishiga, mahsulotning hammasi
realizasiya qilinishiga erishish.
Modelga iqtisodiy jihatdan baho berilgandan so’ng, ishlab chiqilgan
yechimni oddiy, ishonchli va samarali usul bilan amalga oshirish hamda aniq
konstruksiya’ni yaratishning eng maqbul yo’llari aniqlab olinadi.
Avtomatlashtirilishda ishlatiladigan uzellar, mexanizmlar o’z vazifalariga va
funksional alomatlariga ko’ra guruhlarga bo’linadi, masalan, tashish va yuklash
vositalari, avtomatikaning rostlovchi va ijrochi qurilmalari. Barcha vositalar
birbiriga yaqin bo’lgan alomatlariga ko’ra unifikasiyalangan bloklarga
guruhlanadi. Unifikasiyalangan bloklardan avtomatlashtirishning kompleks
vositalari to’zi ladi.
Yarimavtomat – avtomatik ish sikli bilan ishlaydigan mashina hisoblanadi.
Bunda ish davrini takrorlanishi uchun ishchining aralashuvi kerak bo’ladi.
Masalan, zagotovkalarni yuklash, mashinani ishga tushirish va to’xtatish, tayyor
buyumlarni olish va tekshirish shular jumlasidandir.
Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan ish mashinasi bo’lib, tekshirish va
sozlashdan tashqari, barcha ish davrlarini va salt yurishlarni bajaradi.
Har qanday ishchi mashina uchtaasosiy mexanizmlar (yuritish, uzatish,
bajaruvchi) dan iborat. Ularning eng asosiysi ishlov berish aniqligi va
unumdorligi, hamda mashina imkoniyatlarini aniqlovchi bajaruvchi mexanizmlar
hisoblanadi.
|
| |