|
1-Amaliyot Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avtomatik tizim modeli
|
bet | 2/6 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 212,05 Kb. | | #260815 |
Bog'liq Avtomaatika Amaliyot 3-Kursalarteskari bog’lanish deb ataladi. Tizimni teskari bog’lanishi ko’pchilik boshqaruv
jarayonlarining asosini tashkil qiladi. Teskari bog’lanishning asosiy prinsipi odam
faoliyatining deyarli butun asosini tashkil qiladi. Masalan, agar odam biror narsani
qo’li bilan olmoqchi bo’lsa, unda u narsaga qarab turib, qo’l harakatlarini o’sha
narsaga qarab yo’naltiradi. Bunga ishonch hosil qilish uchun odamga qo’lni
boshqaruvi haqida ma’lumotni yyetkazmaslik kifoyadir, ya’ni odamni ko’zi
bog’lab qo’yilsa, u qo’l harakatini qaysi tomonga yo’naltirishni bilmay qoladi.
Boshqaruv natijalari haqida ma’lumot olish qiyin bo’lgan holatlarda teskari
bog’lanish prinsipidan foydalanib bo’lmaydi.
Avtomatik boshqarish tizimini texnik vositalari va ularning funksional
bloklari. Avtomatik boshqaruv ob’ekti.
Inson yoki avtomat tomonidan bajariladigan boshqaruvni har qanday
masalalarini yechishda boshqaruv ob’ektini ko’rib chiqish kerak. Boshqaruv
ob’ekti bo’lib, boshqariladigan texnik qurilma bo’lishi, shuningdek eng oddiy
boshqaruv tizimi bo’lishi mumkin. Ikkinchi holatda ba’zi bosqichdan bosqichga
o’tib kelayotgan boshqaruv tizimi haqida so’z ketmoqda, unda boshqaruv tizimi
murakkabroq bo’lib, o’z ichiga u tomonidan boshqariladigan oddiyroq sistemalarni
olgan. Odatda elementar tizimlar bo’lib, rostlash tizimi bo’lib hisoblanadi.
Ob’ekt holatini xarakterlovchi: tashqi muhitni ob’ektga ta’siri va boshqaruv
qurilmalari ta’siri, shuningdek ob’ekt ichida ketadigan jarayonlar kabi kattaliklar
bilan aniqlanadi. Ushbu kattaliklardan biri ish jarayonida o’lchanadi va bu nazorat
qiluvchi kattalik deb nomlanadi. Ob’ekt ish tartibiga ta’sir etuvchi boshqa
ko’rsatgichlar o’lchanmaydi va nazorat qilinmaydigan deb nomlanadi.
2-Amaliyot
|
| |