|
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlari
|
bet | 5/6 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 212,05 Kb. | | #260815 |
Bog'liq Avtomaatika Amaliyot 3-KursalarIshlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlari.
Ishlab chiqarishni hususiyatlari texnologik dastgoh va jihozlarga ma’lum
talablar qo’yadi. Agar mahsulot yalpi ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilsa,
ishchi mashina (avtomatlar) ga yuqori unumdorlik talabi qo’yiladi. Seriyali va
donalab ishlab chiqarish sharoitida birinchi o’ringa universallik va
moslanuvchanlik talabiqo’yiladi. Bunda universallikka dastgohlarni qanchalik ko’p
har xil mahsulotlarni ishlov berishga qaytasozlanish mumkinligi asos bo’ladi.
Moslanuvchanlik bir mahsulotni ishlab chiqarishdan boshqasiga qanchalik tez
o’tish mumkinligini ko’rsatadi.
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish deganda
yuqori intensiv texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ular asosida odamning
bevosita ishtirokisiz texnologik va yordamchi jarayonlarni bajaruvchi Yuqori
unumli jihozlarni yaratishga haratilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilishdan avval doim
mexanizasiyalashtiriladi. Avtomatlashtirishda joriy etilgan mexanizasiya avtomatik
boshqarish ob’ekta bo’lib hizmat qiladi. Avtomatlashtirish mehnat predmetiga
ta’sir ko’rsatish usullarigagina emas, balki ana shu usullarni boshqarishga ham
ta’luqlidir.
Ishlab
|
chiqarish
|
jarayonini
|
avtomatlashtirish
|
tarixi
|
va
|
rivojlanish
|
tamoyillarini taxlili shuni ko’rsatadiki, avtomatlashtirishni har xil murakkablikdagi
|
|
|
|
|
|
|
masalalar xal etilgan 3 ta bosqichga bo’lish mumkin:
|
|
|
|
|
|
|
1.
|
Ishchi sikllarni avtomatlashtirish, avtomat va yarim avtomatlar qurish;
|
|
|
|
|
|
2. Mashinalar tizimini avtomatlashtirish, avtomat liniyalar qurish;
3. Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish yoki avtomat sexlar va ishlab
chiqarish korxonasilar qurish.
|
| |