|
1-Amaliyot Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avtomatik tizim modeli
|
bet | 1/6 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 212,05 Kb. | | #260815 |
Bog'liq Avtomaatika Amaliyot 3-Kursalar
1-Amaliyot
Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avtomatik tizim modeli.
Fan-texnika taraqiyotini jadallashtirishning asosiy yo’nalishlaridan
biriavtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etishdan iborat.
Bunday rivojlanishda EHM ning o’rni katta ahamiyatga ega, chunki ular
yordamida har xil murakkab jarayonlarni boshqarish mumkin. Bunday paytda
odamning vazifasi hisoblash texnikasi vositalari va avtomatik tizimlarning ishlarini
tashkil etishdan iborat bo’lib ular kerakli natijalarni kam harajat sarf qilib olishni
ta’minlashlari kerak. Bu masalalarni yechish uchun boshqarishjarayonlari va
ularning umumiy qonuniyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega.
Texnologik jarayonlarni berilgan ketma-ketlikda avtomatik ravishda
amalga oshirish hamda boshqarish ob’ektiga ma’lum ketma-ketlikda ta’sir
ko’rsatish avtomatik boshqarish deb ataladi. Boshqarish jarayonining asosiy
prinsiplarini tushunish uchun avtomobilni boshqarish jarayonini ko’rib chiqamiz.
Rulda o’tirgan haydovchi oldidagi yo’lni va undagi predmetlarni ko’rib turadi,
mashina qaerga ketayotganligini ko’radi va shunga asoslanib harakat yo’nalishini
o’zgartirish kerakmi, kerak bo’lsa kaysi tomonga o’zgartirish xaqida qaror qabul
qiladi. Bu jarayonni analiz qilib, biz bunda quyidagi asosiy elementlarni ko’rib
turibmiz. Birinchidan, mashina xarakatlanishi kerak bo’lgan yo’nalish haqidagi
ma’lumot, ya’ni boshqarish masalasi haqidagima’lumotni haydovchi ko’rish organi
hisoblangan ko’z orqali oladi. Haydovchiga faqatgina oldindagi yo’lni ko’rish
yetarli bo’lmay, u mashina qayerga ketayotganligini ham ko’rib turishi zarur.
Olingan ma’lumotlarni analiz qilish natijalari asosida keyingi boshqaruv
harakatlari to’g’risida qaror qabul qilinadi. Yuqorida qayd etilganlar har qanday
boshqaruv tizimini asosini tashkil qiladi. Agar shulardan birortasi olib tashlansa,
boshqarish tizimini amalga oshirishni ilojisi bo’lmaydi. Yuqoridagilarga
asoslangan holda boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi, ya’ni
boshqaruv va ularning natijalari to’g’risida ma’lumot olish, olingan ma’lumotni
analiz qilish va qaror qabul qilish, qarorni amalga oshirish. Shunga asosan
boshqaruv jarayonini amalga oshirish uchun boshqaruv masalalari va boshqaruv
natijalari to’g’risida ma’lumot manbalari bo’lishi kerak. Bundan tashqari, olingan
ma’lumotni analiz qilib, qaror qabul qilish va ob’ektning boshqaruvini amalga
oshiradigan qurilma zarur. Keltirilgan tahlillardan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki,
boshqaruv jarayonini tashkil qilishda boshqaruv natijalari to’g’risidagi ma’lumot
katta ahamiyatga ega, ya’ni boshqaruv ob’ektining holatini o’zgartiradigan sabab
tizimga qanday ta’sir etishiga bog’liq bo’ladi. Bunga sabab bir biriga bog’liqligi
|
| |