• 33.Axborotning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati.
  • Axborot madaniyati: San’at, sport va ma’naviy hayot bilan uzviyligi




    Download 70,17 Kb.
    bet10/19
    Sana04.12.2023
    Hajmi70,17 Kb.
    #111151
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
    Bog'liq
    1. Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch,biznes va bilim sifatida qar-fayllar.org

    32.Axborot madaniyati: San’at, sport va ma’naviy hayot bilan uzviyligi. Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, yuksak ma’naviyat, milliy o‘ziga xoslik va xalq an’analarining mavjud ko‘p asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.Aholining madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘la qondirishga, teatr, musiqa, tasviriy san’at hamda boshqa san’at turlarini rivojlantirishga, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi.Shu bilan birga, mavjud davlat boshqaruvi tizimi madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks hal etish, shuningdek mazkur sohalarda davlat siyosatini samarali amalga oshirishni to‘liq darajada ta’minlash imkonini bermaydi. Zimmasidagi vazifalar ko‘lami kengligi va ahamiyati kattaligiga qaramay, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik ta’minlanmayapti, uning faoliyati esa ko‘pincha madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish bilangina cheklanib qolmoqda.Madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari hamon o‘z yechimini topgan emas. Madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi
    33.Axborotning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati. Hozirgi kunda ta’limni rivojlantirish unda sifat darajasini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni qo’llanilishi keng tarqalgan metodik qo’llanmalardan biriga aylandi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni talimda kiritilishi ta’lim jarayonini osonlashtirdi desak adashmaymiz. Mustaqilligimizdan so’ng “kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan ta’lim sifatiga e’tibor yanada kuchaydi. Unda o’qituvchi bilim malakalarini oshirish o’quvchilar, talabalar bilan ishlashda yetarlicha bilim va malakalarga ega bo’lish uchun alohida kurslar tashkil qilindi. Ushbu kurslar asosan ta’limda innovatsion qurilmalar ya’ni kompyuter imitatsion modellarni dars jarayonlarida foydalanash hamda zamonaviy texnologik qurilmalardan keng qo’llamda ishlatilish imkoniyatlarini berdi. So'nggi yillarda xorijiy tillarni o'qitishda yangi axborot texnologiyalarini qo'llash savol miqiyosida ko'tarildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Chet tili o'qitish asosiy maqsadi chet tilida amaliy mahoratini o'rganish, talabalar kommunikativ madaniyat shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Xorijiy tilda so'z o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu faqat so'zni eslash va to'g'ri talaffuz qilish bilan birga qayerda va qanday qo'llashni bilish kerakligi haqida ham fikr yuritiladi. Yangi texnologiyalar amaliyotga faol va mustaqil ravishda xorijiy so'zlarni o'rganishda talabalar uchun ko'plab resurslarni yaratdi. Xususan chet tilini o’rganishda oldin lingafon xonalardan foydalanilgan bo’lsa, hozirgi paytda uning o’rniga kompyuter laboratoriyalar faoliyat ko’rsatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabr PQ-1875 sonli “”Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorida “ Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va buning negizida ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida”belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida chet tillarni o’qitishning zamonaviy, texnologiyalarini, usullarini yaratish va o’quv jarayoniga joriy etish masalalari dolzarb bo’lib turibdi. Chet tilini o’qitish uchun o’quv-metodik adabiyotlarni yaratish muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda o’quvchilarni rivojlanishini e’tiborga olgan holda maxsus o’quv dasturlar yaratish, ta’lim tizimini axborot va ilmiy-metodik ta’minlash, bazisli o’quv rejalarini va namunali kurs dasturlarini ishlab chiqish, o’quv adabiyotlarni chop etishni tashkillashtirish, o’quv qo’llanmalar va darsliklarni turli ko’rinishdagi taqdimotlarni axborot texnologiyalari asosida virtual resurslar ko’rinishida yaratish va o’quv jarayoniga joriy etish, ta’lim muassalarida qo’llaniladigan metodikalarni pedagogik texnologiyalardan foydalanib mukammallashtirish va masofali ta’lim texnologiyalarini yo’lga qo’yish kabi masalalarni yechishni talab qiladi. Chet tilini o’qitish uchun o’quv-metodik adabiyotlarni yaratish muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda o’quvchilarni rivojlanishini e’tiborga olgan holda maxsus o’quv dasturlar yaratish, ta’lim tizimini axborot va ilmiy-metodik ta’minlash, bazisli o’quv rejalarini va namunali kurs dasturlarini ishlab chiqish, o’quv adabiyotlarni chop etishni tashkillashtirish, o’quv qo’llanmalarni yaratishni yo’lga qo’yish, ta’lim muassalarida qo’llaniladigan metodikadan foydalanish, ularni mukammallashtirish va masofali ta’lim texnologiyalarini yo’lga qo’yish kabi masalalarni echishni talab qiladi.

    Download 70,17 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




    Download 70,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot madaniyati: San’at, sport va ma’naviy hayot bilan uzviyligi

    Download 70,17 Kb.