|
1. Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch,biznes va bilim sifatida qarash.?
|
bet | 1/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 70,17 Kb. | | #111151 |
Bog'liq 1. Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch,biznes va bilim sifatida qar-fayllar.org
1. Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch,biznes va bilim sifatida qarash.?
1.Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch ,biznes va bilim sifatida qarash.?
2.Media savodxonlik,axborotlashgan jamiyatning fenomenidir.Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.[1]Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.
3.Axborotlashgan jamiyatda axborot olish va axborot madaniyatiga bo`lgan munosabat.1994 yil dеkabrda Ozbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi Ozbеkiston Rеspublikasining axborotlashtirish kontsеptsiyasini qabul kildi. Ushbu Kontsеptsiyaning asosiy maqsadi va unda qoyilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:milliy axborot-hisoblash tarmogini yarataxborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, xuquqiy va mе'yoriy hujjatlarini yuritish;axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;axborotlar tеxnologiyasi sohasidagi fundamеntal tadqiqottlarni ragbatlantirish va qollab-quvvatlash;informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.Kontsеptsiyaning asosiy qoidalari xisobga olingan "Ozbеkiston Rеspublikasining axborotlashtirish dasturi" ishlab chiqildi, u uch maqsadli dasturni oz ichiga oladi: a) milliy axborot — hisoblash tarmog`i: b) EXM ni matеmatik va dasturiy ta'minlash; v) shaxsiy kompyutеr.
Azaliy tushunchalar ma’no qatlami benihoya kengayib borayotgan zamonda yashayapmiz. “Madaniyat” atamasi ham ana shunday kengayuv, chuqurlashuv, rang-baranglashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Shaxsiy madaniyat, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati singari birmuncha tor bo‘lgan mavzular bilan cheklanish davri ortda qoldi. Endilikda iqtisodiyot, ishlab chiqarish, bozor munosabatlari, dehqonchilik, tibbiyot, rahbarlik, siyosat va xalqaro munosabatlarning o‘z madaniyati bor, ya’ni “madaniyat” tushunchasidan xoli soha, tarmoq, jabha yo‘q. Hatto, har qanday jamiyat o‘zagini, demak, taraqqiyot yo‘sinlari umurtqasini madaniyat tashkil etishi isbot talab qilinmaydigan haqiqatga aylanib ulgurdi.Buni qarangki, axborotlashgan jamiyat, jamoatchilik bilan aloqalar (ommaviy kommunikatsiya) asr muammosi sifatida sertarmoq fan maqomiga ega bo‘la borayotgan hozirgi vaqtda axborot madaniyati hayot-mamot masalasi darajasiga ko‘tarildi. Atak-chechak qadam -tashlayotgan bolajondan tortib, asrni qaritgan bobo-buvilargacha shu “hayot-mamot” iskanjasida deyavering.
|
| |