|
Mеdia qadriyatlar tushunchasini mazmun va mohiyati
|
bet | 14/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 70,17 Kb. | | #111151 |
Bog'liq 1. Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch,biznes va bilim sifatida qar-fayllar.org38.Mеdia qadriyatlar tushunchasini mazmun va mohiyati. MEdiasavodxonlik tolerantlik, madaniyatlararo hamjihatlik, tenglik, ijtimoiy integratsiya, moslashuvchanlik, tinchlik va barqaror rivojlanishning asosiy komponenti sifatida tadqiq etiladiM.qadriyatlar- voqelikdagi muayyan hodisalarning umuinsoniy ,ijtimoiy,axloqiy,madaniy,manaviy ahamiyatini korsatish uchun qollaniladigan tushuncha.
39. Axborotning ijtimoiy qatlamga ta’siri muammolari.Ommaviy axborot vositalarining ta‟sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g„oya, uydirma haftasiga uch martadan to‟rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor bo‟ladi, odamlar unga chippachin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o‟zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o„q singari insonni jismonan yo„q qila olmasada, uning qo„poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg„in qurolinikidan kam emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o‟z manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko„p mehnat, u qadap ko„p harakat, u qadap ko„p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasada, milliy o‟zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi. Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o„zgartirib yubormoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o„zlari shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo„lmoqda.
|
| |