• 6. DES algoritmining kriptografik almashtirishlari
  • DES ma’lumotni shifrlash standarti




    Download 487.31 Kb.
    bet3/18
    Sana11.03.2024
    Hajmi487.31 Kb.
    #169855
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    1. Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni
    bAZA2, El-Gamal shifrlash algoritmi-muhaz.org, Pedagokika Psixalogiya
    5. DES ma’lumotni shifrlash standarti
    DES blokli shifrlash algoritmi 1999 yilgacha AQSHda standart shifrlash algoritmlari sifatida ishlatib kelingan. 1974 yildan Amerika qo‘shma shtatlarining standart shifrlash algoritmi sifatida qabul qilingan DES shifrlash algoritmi quyidagi : - kalit uzunligining kichigligi, ya’ni 56 bit bo‘lib, uning 128 bitdan kichikligi; - S-blok akslantirishlarining differensial kriptotahlil usuliga bardoshsizligi va boshqa sabablarga ko‘ra eskirgan deb sanaladi
    DES – qisq.: Data Encryption Standard Ma’lumotlarni shifrlash standarti, DES shifrlash standarti. AQSH hukumatining davlat siri hamda tijoriy bo‘lmagan axborot uchun shifrlash standarti. Kalit uzunligi 56 bit bo‘lgan blokli shifr. Kuchaytirilgan hili mavjud bo‘lib, u «uchlangan DES» (triple-DES, 3DES) deb ataladi, unda uchta turli kalit bilan DES standarti qo‘llaniladi. Deshifrlash – shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon, ya’ni kalit yordamida shifrlangan ma’lumotni dastlabki ma’lumot holatiga o‘tkazish.
    DES IBM firmasining butun bir kriptograflari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan [11, 25]. Ma’lumotlarni shifrlash standarti 1976 yil 23 noyabrda Milliy Standartlar Byurosi tomonidan AQShning davlat standarti sifatida qabul qilingan va u 1977 yil iyul oyidan 2000 yil oktyabr oyigacha raqamli ma’lumotlarni shifrlash uchun standart bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda u faqat nazariy ahamiyatga ega. DES zanjirsimon tuzilmali muvozanatlangan Feystal tarmog‘i arxitekturasiga ega.
    6. DES algoritmining kriptografik almashtirishlari
    DES standart shifrlash algoritmi Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) “Milliy Standartlar Byurosi” tomonidan 1977 yilda e’lon qilingan. 1980 yilda AQSHning “Standartlar va Texnologiyalar Milliy Instituti” bu algoritmni davlat va savdo-sotiq moliyasi sohasidagi maxfiy bo’lmagan, ammo muhim bo’lgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan jismoniy va yuridik shaxslardan muhofaza qilinishida shifrlash algoritmi sifatida qo’llash standarti deb qabul qildi. DES algoritmida: dastlabki 56 bitli kalitdan raund kalitlarini hosil qilishning murakkab emasligi, raund asosiy akslantirishlarining apparat-texnik va dasturiy ta’minot ko’rinishlarida qo’llanilishini ta’minlashning qulayligi hamda ular kriptografik xossalarining samaradorligi – kriptobardoshliligining yuqoriligi, bu algoritmning asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Shifrlash jarayoni 64 bitli ochiq ma’lumot bloklarini algoritmda berilgan IP – jadval bo’yicha o’rin almashtirish, uning natijasini dastlabki 56 bitli kalitdan algoritmda keltirilgan jadvallar bilan bitlarning o’rinlarini almashtirish, siklik surish va ba’zi bitlarni yo’qotish akslantirishlaridan foydalanib hosil qilinadigan 48 bitli raund kalitlari hamda asosiy akslantirishlari bilan 16 marta shifrlash, shifrlash natijasi bloki bitlarini berilgan IP-1 –jadval bo’yicha o’rinlarini almashtirishdan iborat. DES shifrlash algoritmida foydalanilgan muhim xavfsizlik xususiyatlaridan biri bu S – jadvaldir. Bu jadvalda kiruvchi qiymat 6 bitni tashkil etib, chiqishda 4 bitga o’zgaradi. DES algoritmi sodda kriptografik o’zgartirishlardan iborat bo’lib, shifrlashda va deshifrlashda katta tezlikga ega Ya’ni, har bir kiruvchi 64-bit blok ikki qismga bo’linib, o’ng qism ustida quyidagi to’rt amal bajariladi: 1. Kiruvchi 32-bitli blok E –kengaytirish jadvali orqali 48-bitli blokka aylantiriladi. 2. Hosil bo’lgan 48-bit ma’lumot 48-qism kalit bilan XOR amalida qo’shiladi. 3. Olingan 48 bit natija 8 ta S blokka 6 bitdan qilib kiritilib, chiqishda 4 bitdan, jami 32 bit ma’lumot olinadi. 4. Olingan 32 bit ma’lumot IP o’rin almashtirish jadvaliga kiritiladi va raund Ri qismi topiladi.

    Download 487.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 487.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DES ma’lumotni shifrlash standarti

    Download 487.31 Kb.