• 4. Zamonaviy simmetrik blokli shifrlar
  • Simmetrik kalitli klassik shifrlar




    Download 487.31 Kb.
    bet2/18
    Sana11.03.2024
    Hajmi487.31 Kb.
    #169855
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    1. Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni
    bAZA2, El-Gamal shifrlash algoritmi-muhaz.org, Pedagokika Psixalogiya
    3. . Simmetrik kalitli klassik shifrlar
    Simmetrik kalit uzunligi. Simmetrik kriptotizimlarda xavfsizlik ikkita omilga asoslanadi: algoritm ishonchliligi va kalit uzunligi. Kalit uzunligi 8 bitga teng bo‘lsa, 256 xil kalit bo‘lishi mumkin. Agar kalit uzunligi 128 bit bo‘lsa, 2128 xil kalit bo‘lishi mumkin. Agarda kompyuter 1 soniyada 10 000 000 ta kalitni tekshira olsa, barcha hollarni tekshirib chiqish uchun kompyuter taxminan 1 079 028 307 080 601 418 897 052 yil sarflaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan kalitni topish qiyinligini ko‘rsatadi. Quyidagi jadvalda kalit uzunligi va qurilma qiymatining bog‘liqligi keltirilgan
    Har qanday kriptografik tizim kriptografik kalitlardan foydalanishga asoslangan. Kalit axboroti deganda axborot tarmoqlari va tizimlarida ishlatiluvchi barcha kalitlar majmui tushuniladi. Simmetrik kriptotizimdan foydalanilganda axborot almashinuvida ishtirok etuvchi ikkala tomon avval maxfiy sessiya kaliti, ya’ni almashinuv jarayonida uzatiladigan barcha xabarlarni shifrlash kaliti bo‘yicha kelishishlari lozim. Bu kalitni boshqa hech kim bilmasligi va uni vaqti- vaqti bilan jo‘natuvchi va qabul qiluvchida bir vaqtda almashtirib turish lozim. Sessiya kaliti bo‘yicha kelishish jarayonini kalitlarni almashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi.
    4. Zamonaviy simmetrik blokli shifrlar
    Blokli shifrlash algoritmlari kriptografik algoritmlar orasida keng tarqalgan algoritm turi bo‘lib, mohiyat jixatdan ma’lum uzunlikdagi ma’lumot bitlari ustida qayta-qayta amallar bajarilish orqali amalga oshiriladi. Blokli simmetrik shifrlash algoritmlari ma’lumotni maxfiyligini ta’minlashda keng foydalanilib, boshqa shifrlash algoritmlariga qaraganda o‘zining tezkorligi va kriptobardoshligi bilan ajralib turadi.
    Blokli simmetrik shifrlash algoritmlariga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri bu – ma’lum uzunlikdagi ma’lumot bloki ustida qayta-qayta amallar bajarilishi bo‘lib, bu raund deb ataladi. Ushbu raund funksiyasi o‘zgarmas sanalib, har raundda kiruvchi parametrlar o‘zgarishi natijasida ma’lum marta amalga oshiriladi. Blokli simmetrik shifrlash algoritmlari raund funksiyalarida ARX (add-rotatexor) amallaridan foydalaniladi. Ushbu amallar: - Modul asosida qo‘shish; - Surish (siklik surish, mantiqiy surish); - XOR amali.
    Hozirda simmetrik blokli shifrlash algoritmlari amalda keng qo‘llanilib, ularni yaratish quyidagi asoslarga bo‘linadi: - Almashtirish-o‘rniga qo‘yish tarmog‘iga asoslangan (Substitution-permutation networks, SPN); - Feystel tarmog‘iga asoslangan shifrlash algoritmlari; - Lai-Massey tarmog‘iga asoslangan shifrlash tizimlari.

    Download 487.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 487.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Simmetrik kalitli klassik shifrlar

    Download 487.31 Kb.