• 8. AES shifrlash algoritmi kriptografik akslantirishlari
  • AQShnnng ma’lumotni shifrlashning AES standarti matematik asosi




    Download 487.31 Kb.
    bet4/18
    Sana11.03.2024
    Hajmi487.31 Kb.
    #169855
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    1. Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni
    bAZA2, El-Gamal shifrlash algoritmi-muhaz.org, Pedagokika Psixalogiya
    7. AQShnnng ma’lumotni shifrlashning AES standarti matematik asosi
    AES FIPS 197 blokli shifrlash algoritmida 8 va 32-bitli (1-baytli va 4-baytli) vektorlar ustida amallar bajariladi. AES FIPS 197 shifrlash algoritmi XXI asrning eng barqaror shifrlash algoritmi deb hisoblanadi. Bu algoritm boshqa mavjud standart simmetrik shifrlash algoritmlaridan farqli o‘laroq, Feystel tarmog‘iga asoslanmagan blokli shifrlash algoritmlari qatoriga kiradi. AES algoritmida baytlar ustida amallar bajariladi. AES algoritmida ko‘phadlarni qo‘shish (XOR) (berilgan ko‘phadlarga mos keluvchi ikkilik sanoq tizimidagi sonlarning mos bitlarini mod 2 bo‘yicha qo‘shish) amali orqali bajariladi. Kvadrat arxitekturaga ega AES blokli shifrlash algoritmi o‘zgaruvchan uzunlikdagi kalitlar orqali shifrlanadi. Kalit va blok uzunliklari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda 128, 192 yoki 256 bit bo‘ladi. Biz AES shifrlash algoritmini bloklar uzunligi 128 bit bo‘lgan hol uchun ko‘rib chiqamiz. Blok o‘lchami 128 bitga teng kirish bu 16 baytli massiv 4 ta qator va 4 ta ustundan iboratdir (har bir satr va har bir ustun bu holda 32 bitli so‘z deb qaraladi). Shifrlash uchun kirayotgan ma’lumot baytlari: Har bir raund shifrlash jarayonlari quyida keltirilgan to‘rtta akslantirishlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 1) SubBytes – algoritmda qayd etilgan 16x16 o‘lchamli jadval asosida baytlarni almashtirish, ya’ni S -blok akslantirishlarini amalga oshirish; 2) ShiftRows – algoritmda berilgan jadvalga ko‘ra holat baytlarini siklik surish; 3) MixColumns – ustun elementlarini aralashtirish, ya’ni algoritmda berilgan matritsa bo‘yicha akslantirishni amalga oshirish; 4) AddRoundKey – raund kalitlarini qo‘shish, ya’ni bloklar mos bitlarni XOR amali bilan qo‘shish.
    8. AES shifrlash algoritmi kriptografik akslantirishlari
    AES shifrlash algoritmi matematik tomondan ko‘phadlar ustida amal bajarishga asoslangan bo‘lib, ma’lumotlar baytlab kiritiladi. AES shifrlash algoritmi har bir raundi quyidagi amallardan iborat: 1. SubBytes bosqichi. Ushbu bosqichda kiruvchi matritsa baytlari o‘zgarmas S-box jadvali bo‘yicha almashtiriladi.

    2. ShiftRows qadami. Ushbu bosqichda birinchi bosqichdan chiqqan natijaviy matritsa bayotlari suriladi. Bunda 1-satr o‘zgarmas, 2-satr 1 bayt chapga, 3-satr 2 bayt chapga va 4-satr 3 bayt chapga suriladi.
    3. MixColumns qadami. Ushbu qadamda ShiftRows dan chiqqan matritsa bilan o‘zgarmas matritsa bayti bilan o‘zaro ko‘paytiriladi.

    4. AddRoundKey qadami. Raundning oxirgi bosqichi sanalib, 3- bosqichdan chiqqan natija bilan kalit baytlari XOR amalida qo‘shiladi.
    Ushbu standart XXI asrning eng kriptobardoshli kriptografik tizimi sanalib, hozirda amaliy hujumga uchramagan.

    Download 487.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 487.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AQShnnng ma’lumotni shifrlashning AES standarti matematik asosi

    Download 487.31 Kb.