• 15.Elektron raqamli imzoda xesh funksiyalardan foydalanish qanday afzalliklarga ega
  • Elektron raqamli imzoning sertifikati nima?




    Download 1,71 Mb.
    bet12/21
    Sana19.01.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #141541
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
    Bog'liq
    Blokcheyn texnologiyalari O.N 3 semestr

    14.Elektron raqamli imzoning sertifikati nima? elektron raqamli imzo kalitining sertifikati - elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat;
    elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli - elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi.
    elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi - elektron raqamli imzo kalitini yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs.
    elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish - elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish. Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq vazifa va funksiyalarni bajaradi. Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi tomonidan tayyorlanadigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro tavsiyalarida belgilangan formatdan foydalanadi. Dasturiy ta’minot o‘z ichiga Sertifikatlashtirish markazi va ma’muriy boshqaruvni oladi. Sertifikatlashtirish markazining serveri ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi funksiyalarining kompleksini ta’minlaydi va ERI ochiq kalitlari sertifikatlarining muhofazalangan saqlash joyidan iborat. Ma’muriy boshqaruvning dasturiy ta’minoti o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun Kalitlarni ro‘yxatga olish markazini uzoqdan turib boshqarilishini ta’minlaydi.


    15.Elektron raqamli imzoda xesh funksiyalardan foydalanish qanday afzalliklarga ega? Ma’lumot almashinishidan oldin ERI kalitlari generatsiya qilingan va o’z egalarida mavjud bo’lishi kerak. Imzo qo’yish muallif tomonidan, faqat unga ma’lum bo’lgan maxfiy kalit asosida amalga oshiriladi. Imzoning haqiqiyligini tekshirish esa istalgan shaxs tomonidan, imzo muallifining ochiq kaliti bilan amalga oshirilishi mumkin.Raqamli imzo bitlar ketma-ketligida ifodalangan biror sondan iborat. Shuning uchun uni boshqa elektron hujjatlarga ko’chirish yoki o’zgartirish kiritish katta qiyinchilik tug’dirmaydi. Shuning uchun elektron hujjat almashinuvi tizimida ERIni qalbakilashtirishning oldini olish chora-tadbirlari – ERI algoritmining elektron hujjatlarni qalbakilashtirishga bardoshlilik masalasini yechish talab etiladi. Zamonaviy ERI algoritmlari standartlarining bardoshliligi diskret logarifmlash, parametrli algebradan foydalanish va elliptik egri chiziq ratsional nuqtalari ustida amallar bajarish kabi masalalarga asoslangan. Shu bilan birgalikda ERIni shakllantirish va uni tekshirish jarayonining bardoshli bo’lishi va tezkorligini ta’minlashda xesh funksiyalar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
    kolliziyaga bardoshlilik, bu ERIni qalbakilashtirishdan himoyalaydi;
    chiqish bitlarining qisqaligi, bu xususiyat ERIni tezkorligini ta’minlaydi;
    uzatiladigan ma’lumotdagi kichik o’zgarish xesh qiymatni keskin o’zgarishiga olib kelishi, bu xususiyat ma’lumot o’zgarishidan himoyalaydi.ERI algoritmida xesh funksiya algoritmning bir qismi hisoblanmaydi, shuning uchun ixtiyoriy ishonchli xesh funksiyalardan foydalanish mumkin. ERIda xesh funksiyalardan foydalanish quyidagi qulayliklarni keltirib chiqaradi:
    Hisoblashlardagi osonlik. Odatda xesh funksiya ma’lumotning kirish hajmini bir necha barobar qisqargan ko’rinishga olib keladi va xesh funksiyani hisoblash ancha tezkordir. Shuning uchun ma’lumotni xeshlash va uni imzolash jarayoni faqat ma’lumotning o’zini imzolash jarayonidan oson va tez hisoblanadi;
    Leksik bir xillik. Imzolanishi kerak bo’lgan ma’lumot qanaqa turda yoki alifboda bo’lishidan qat’i nazar xesh funksiyadan chiqadigan format imzolovchi vosita formati bilan mos keladi;
    Butunlik. Xesh funksiyani ishlatmasdan imzolangan elektron ma’lumot katta hajmdan iborat bo’lganda bir necha qismlardan iborat bo’lishi mumkin va uni tekshirish jarayonida qismlar ketma-ketligi o’zgarib qoladi. Xesh qiymat imzolanganda imzo hajmi qisqa va butun saqlanadi.
    Yuqoridagi xususiyatlarni o’z ichiga olgan xesh funksiya milliy standartimiz - O’zDSt 1106:2009 asosida Elektron raqamli imzoning standarti – O’zDSt 1092:2009 ishlab chiqilgan bo’lib, ularning bardoshliligi parametrli algebraga asoslangan. Mazkur muammolar yangi matematik murakkabliklar hisoblanib ularni hal etish usuli hali taklif etilmagan.Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, ERIning xesh funksiyadan foydalanilgan va foydalanilmagan algoritmlarida butunlik va tezkorlik kabi xususiyatlarida katta farq mavjud. Xesh funksiya algoritmining qanchalik to’g’ri tanlanishi, ERIning bardoshliligini oshirishga va axborot xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.



    Download 1,71 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron raqamli imzoning sertifikati nima?

    Download 1,71 Mb.