1. Bitkoin blokcheyni nima?




Download 1,71 Mb.
bet1/21
Sana19.01.2024
Hajmi1,71 Mb.
#141541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Blokcheyn texnologiyalari O.N 3 semestr


1.Bitkoin blokcheyni nima? Bitkoin blokcheyni taxminan bir vaqtda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar guruhi yoki bloklar uzun zanjirini ifodalaydi. Bu zanjir ko’lami cheksiz uzoq bo’ladi – tizimning o‘zi qancha ko’p faoliyat ko‘rsatsa, blokning uzunligi shunchalikko’p o‘sadi. Bunday xronologik tuzilma juda muhimdir, chunki unda barcha, shu jumladan, eng ilk tranzaksiyalarning ham qonuniyligi kafolatlanadi. Asl maqsadida ko‘ra, foydalanuvchining bitkoinlarni kimgadir takroriy o‘tkazishga yo’naltirilgan keyingi harakatlari noqonuniy deb topiladi. Har bir operatsiyaning vaqti qayd qilingan bo’lgani uchun bitkoinlarni olish va o‘tkazmalarni amalga oshirish nazorat qilinadi. Bitkoinblokcheyni o’z iqtisodiyotining istalgan qatnashchisi uchun ochiq bo‘lgan ketma-ketlikni yaratgan holda, tizim istalgan vaqt har bir qatnashchining hisobraqami holatini nazorat qiladi, shuningdek, har bir bitkoin blokcheynning bir qismiga «biriktirib qo‘yilgan»ni uchun, u qaerda yaratilgani, sarflangani yoki olingani haqidagi axborotni identifikatsiya qila oladi. Agar masalan, Anvar New-Yorkda bir stakan Nescafeqahvasi xarid qilish uchun o’z smartfoniga o‘rnatilgan elektron hamyondan foydalanadigan bo‘lsa, bunda tarmoq uning elektron hamyonidan kafe elektron hamyoniga qandaydir kattalikda bitkoin o‘tkazish so‘rovi haqida axborot oladi. Bu paytda tranzaksiya - tasdiqlashni kutib turgan «to‘xtatib turilgan operatsiya» deb hisoblanadi. Lekinmaynerlar yangi tranzaksiyalar blokini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni amalga oshirib va uni blokcheynga kiritib bo‘lgach, haridor tranzaksiyasixuddi o‘sha 10 daqiqada amalga oshirilgan boshqa tranzaksiyalar bilan birga, bosh jurnalda doimiy qayd qilib qo‘yiladi. Mos ravishda, uning bitkoinga kofe xarid qilishi autentik va ortqa qaytarilmas operatsiya deb hisoblanadi. Blokcheyn bitkoin bazaviy dasturiy protokoli boshqaruvi ostida bo‘ladi. Satoshi Nakamotodan boshlab, bitkoin tarmog‘ining har bir foydalanuvchisi kompyuter yoki smartfonga tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan o‘zaro aloqa qilish qoidalarini xabar qiladigan dasturiy yo‘riqnomalar to‘plamini u yoki bu tarzda yuklaydi. Blokcheyn 154 bitta kompyuterda yoki serverda mavjud bo‘lishi mumkin emas. Tarmoq registratorlari bilan bog‘liq vaziyatdagi kabi, blokcheyndagi ma’lumotlar tarmoq uzellari yoki kompyuterlar egalari hamjamiyatida taqsimlangan ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Bu tugunlarga elektron hamyonlar o‘rnatilgan, ya’ni ular yordamida bitkoiyn hisobraqamlaridagi qoldiqni u belgilab qo‘yilgan blokcheynning chegaralangan qismida o‘zgartirgan holda to‘lov tashabbusi bilan chiqishmumkin bo‘ladi. Tugunlar shaxsiy kompyuterlar – yoki, zamonaviy tushunishda, ixtisoslashgan mayning markazlarini ham o‘z ichiga oladi – ular yordamida maynerlar blokcheynni shakllantiradi va buning uchun yangi bitkoinlar ko‘rinishida mukofot oladi. Oldindan belgilangan tartibda birgalikda ishlagan holda, bu tarmoq uzellarnong ishonchliligijamoaviy ravishda bosh jurnal (grossbook) vositasida kafolatlaydi.Tabiiyki, bitkoin kriptovalyutasi blokcheynsiz mavjud bo‘la olmaydi. Amaldagi doimiy o‘zgarib turadigan kirim va chiqimlarni hisobga olish kriptovalyutani ifodalaydi. Bitkoinlar o‘z holicha mavjud bo‘la olmaydi va sizqaysidir elektron qurilmaga kirib, bir nechta bitkointanga olishingiz mumkin bo‘lmaydi. Tasdiqlangan tranzaktsiyalar ko’rinishidagi doimiy ravishda uzayib boradigan blokcheynning yana bir muhim jihati – uning hamma uchun ochiqligidir. Bu esa bitkoinni yopiq elektron valyuta tizimlaridan farqlaydi. Maxsus dasturiy ta’minot sifatida ko‘pincha Londonning Blockchain kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bepul dasturdan foydalaniladi.



Download 1,71 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 1,71 Mb.