|
Kriptovalyutalarning evolyutsiyasi qanday?
|
bet | 5/21 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #141541 |
Bog'liq Blokcheyn texnologiyalari O.N 3 semestr6.Kriptovalyutalarning evolyutsiyasi qanday? Internet va elektron savdo rivojlangan sayin insonlarning “uzoqlardanmasofadan turib” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o’tkazish jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari, bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni hohlamaydi. O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta. Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul o’tkazmalari foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan xolda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va molohazalar juda ko’p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga ko’ra rad etildi.Chunki tovar va hizmatlar oldi-sottilaridagi vositachilarga bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yechimi 2009-yillarda Satoshi Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab kriptografi matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydiganYangielektron to’lov tizimini ommaga taqdim etgandan so’ng topildi. Bunday to’lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitkoin deb ataldi. Bitkoin kriptografik elektron pul birliklari maxsus elektron hamyonlarda saqlanib, bunday hamyonlarga pul tushirish va ularni turli xil maqsadlarda ishlatish mumkin. Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul ketgani yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan yoki boshqa manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini barchaga ochiq xolda ko’rsatishni taklif etdilar. Ya’ni, siz kriptovalyuta tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va ravshan ko’rishingiz va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Tizimdagi hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun katta quvvatli zamonaviy kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday quvvatli komp’yuterga ega bo’lish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash talab etiladi. Bu kompyuterlar foydalanuvchilarning komp’yuterlari ham bo’lishi mumkinalbatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz bo’lishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llabquvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli esa “mayning” deya nom olgan.
|
| |