1. Bitkoin blokcheyni nima?




Download 1,71 Mb.
bet3/21
Sana19.01.2024
Hajmi1,71 Mb.
#141541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Blokcheyn texnologiyalari O.N 3 semestr

3.Mayner tushunchasi? Istalgan inson mayner bo’lishi mumkin, ammo tranzaktsiyalar juda ham ko’payib ketganda elektr energiya narxi past bo’lgan xududlardagina mayning qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bitkoin blokcheynida har bir blok bir megabaytdan kam bo’lgan o’lchamli mingta tranzaktsiyadan iborat. 2009 yil yanvaridan ishga tushirigan bitkoin blokcheynida blok yechimini topganlik uchun mukofot ellik bitkoin bo’lgan va bu qiymat har 210 ming blokda ikki marta kamaytirilgan. Hozirgi paytda maynerlar bitta blok uchun 12,5 bitkoin oladilar, 2021 yildan boshlab esa bu kattalik 6,75 BTC ga tushadi. Hozirgi davrda GHASH, IO, Ant-Pool, BW.COM, F2Pool… larga o’xshash bir qancha megapullar bitkoin topish (mayning)ga monopoliyaga egadirlar. Buni tushunish uchun Blockchain.info saytidagi “peredanocherez” ustuniga qarash kifoya. Agarda biror bir inson, kompaniya yoki insonlar guruhi hisoblash quvvatlarining yarmidan ko’prog’ini nazorat qilishga erishsalar, buni tarmoqqa bo’lgan 51% li hujum deb ataladi. Chunki bu holatda u yoki ularning amallarni monopol ravishda tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin bo’lib qoladi. Bundan tashqari, ular o’z bitkoinlarini bir vaqtning o’zida ikki oluvchiga sotishlari ham mumkin bo’ladi. Bu ikki amalning qaysi biri tasdiqlanishi va qonuniy (legitim) bo’lishini mayning va blokcheyn tarmoq konsensusi yordamida aniqlanadi. Hozirgi paytda mayningga ajratilgan eng ko’p miqdordagi hisoblash quvvati AntPool, F2Pool, VTSS Pool, Bit Fury pullariga tegishli. Agarda ushbu pullar o’zaro kelishib olishsa, hujumni birgalikda ham tashkil etishlari mumkin. Ammo ular buni qilishga botina olmaydilar, chunki bu qaroqchilik oqibatida raqamli valyutaning narxi juda ham pasayib ketadi va natijada katta bitkoin zahirasiga ega bo’lgan bu pullar katta moliyaviy zarar ko’rishlari mumkin. Ammo kriptologlarning fikrlaricha, bir guruh insonlar pullarni ishdan chiqargan holda ham hujumni uyushtirrishlari mumkin. Ammo agarda tarmoqning havfsizligi buzilsa, uni to’g’rilash uchun ham mahsus tartiblar mavjud, albatta. Blokcheynni ko’pincha uning anonimliligi uchun ham qattiq tanqid qiladilar. Oltin yoki markazlashmagan raqamli pullarga ega bo’lish ishtiyoqi iqtisodiyotning ko’pgina sub’ektlarini o’ziga jalb qiladi. Ammo anonimlilik tufayli noqonuniy ishlarga yo’l ochib berishdan cho’chish raqamli texnologiyaning keng tarqalishiga mone’lik qiladi. Agarda masalaga texnik nuqtai-nazardan yondoshsak, bitkoinning anonimliligi bilan bog’liq bir qancha muammolarni chetlab o’tish mumkin bo’ladi. Individual ishtirokchining anonimlikni bir martagina buzishi ushbu shaxsning barcha bitkoin-tranzaktsiyalarini bilib olishga imkon beradi. Agarda hamkoringiz sizni yaxshi biladigan biror bir inson bo’lsa, u ochiq ma’lumotlar yordamida sizning potfelingiz balansini bilib olishi ham mumkin.



Download 1,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 1,71 Mb.