|
1. Bitkoin blokcheyni nima?
|
bet | 4/21 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #141541 |
Bog'liq Blokcheyn texnologiyalari O.N 3 semestr4.Kriptovalyutalar nima? Kriptovalyuta - bu, maxsus algoritm va hisoblashlar natijasida yaraluvchi maxsus kodlar to`plami. Agar siz biror nimani tushunmagan bo`lsangiz, ajablanadigan narsa bunda yo`q, ko`pchilik siz kabi tushunmadi. Siz bilishingiz kerak bo`lgan narsalar quyidagilar:
Kriptovalyuta hisoblash qurilmalar (shu jumladan, kompyuter, noutbuk va boshqalar ham) ning ma'lum bir dasturlar yordamida turli hisoblashlarni amalga oshirishi natijasida yuzaga kelgan kodlar to`plami.
Kriptovalyutalar shaklga ham, hajmga ham ega emas, ular elektron shaklda va ularni qog`oz yoki biror bir material shaklda (masalan, tanga) chiqarib bo`lmaydi.
Kriptovalyutalarning turi ko`p, xohlasangiz siz ham o`z kriptovalyutangizni yaratishingiz mumkin.
Kriptovalyutani biror bir boshqarib turuvchi asosi yo'q, ya'ni, uning narxi o`sishi yoki tushishi faqat va faqat bozorda unga bo`lgan talabga bog`liq: qancha ko`p odam sotib olsa narxi oshadi, qancha ko`p odam sotsa tushadi.
Kriptovalyutalar orasida eng mashhuri hammaga ma'lum va mashhur bo`lgan Bitcoindir.
Ko`pchilik Bitcoinni yagona kriptovalyuta deb biladi, lekin undan emas, aslida kriptovalyutalarning hozirda juda ko`p turi mavjud, ularning qiymati, miqdori turlichadir. Quyida bir qator kriptovalyutalarni sanab o`tamiz:
Bitcoin;
Ethereum;
Litecoin;
Bitcoin Cash;
Monero;
Dash;
Zcash;
VertCoin va boshqalar.
Bitcoinning asoschisi sifatida Satoshi Nakamoto ismli odam keltiriladi, aynan u birinchi bo`lib Bitcoinni ishlab topish prinsipini internetda ulashgan.Boshqalarning fikricha esa, Bitcoinni hozirgi kunda hammaga mashhur bo`lgan Ilon Mask yaratgan va Satoshi nomi bilan internetda keng targ`ib qilgan. Va aynan Bitcoin unga moliyaviy qiyin ahvolini tiklab olishga yordam bergan.8-fevral 2021-yil Tesla kompaniyasi (Ilon Mask direktori) Bitcoinga 1,5 mlrd AQSh dollari miqdorida sarmoya kirgazdi va shu orqali uning narxini $48 000 gacha ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Kriptovalyutalarni mayining qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan eng yaxshi dasturiy ta’minotlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
CGMiner –Ushbu dastur virtual pullarni topish bo’yicha ishlaydigan professionallar uchun mo’ljallangan.
5.Kriptovalyutalar moliyaviy aktiv sifatidagi o‘rni? Yangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha aktivlar bo’lib, ular jumlasiga kriptovalyutalar ham kiradi. Hozirgi paytda turli xil kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan mingdan ortiq kriptovalyutalar mavjud va ularning har bir kriptoiqtisodiyot sohasida bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradilar. Shulardan biri – ICO (Initial coin offering) bo’lib, uning yordamida biror bir loyiha uchun jamoaviy mablag’ yig’ish jarayonini uyushturish mumkin. Bu borada jamoaviy mablag’ to’plash mexanizmi kraudfunding vositasida innovatsion mablag’lar topishdir. Bunday usul yordamida mablag’ to’plash uchun original usul taklif etiladi: kriptovalyutada kafolat shartnomalari, ya’ni, blokcheynga asoslangan ommaviy kraudfanding modeli versiyasi tashkil qilinadi – unda tashkilotchilar qatnashchilarning pul o’tkazmalari kattaligi belgilangan kattalikda bo’lishi aniqlangach, ular investitsion hamyonga oldindan kelishib olingan miqdordagi pul o’tkazmalari qilishadi. Pul mablag’lari o’tkazuvchilarni «ovlash» va to‘plangan mablarni himoya qilish uchun shartli depozit schetlar yaratish o‘rniga blokcheyn va u bilan bog‘liq dasturiy ta’minot bu ishni avtomatik ravishda barchaga ko’rinib turgan tarzda bajaradi. Maxsus ajratilgan va buzib kirishdan himoya qilingan, faqat dasturiy nazorat ostida bo‘ladigan elektron hamyonda zarur miqdordagi mablag‘lar to‘plangach, u tashkilotchning zaxira qilingan mablag‘lari saqlanadigan boshqa hamyon bilan birlashtiradi. Agar maqsadli investitsion summani to‘plashning uddasidan chiqilmasa, pul mablag’lari avtomatik ravishda ortga, pul hadya qilganlarning elektron hamyonlariga qaytarib yuboriladi. Shunday qilib, mablag‘lar to‘plash, uni himoyalash, saqlash va qaytarish muammosi hal qilinadi. Endi raqamli texnologiyalar yordamida mulk masalalarini boshqarish tizimini yaratish muammosiga to’xtalamiz.Intellektual shartnomalarfaqat moliya sohasidaginaishlash bilan chegaralanmaydi. Agar ularni intellektual mulk bilan birlashtiradigan bo‘lsak – bunda mulk huquqi hujjatlariva egalik qilishni tasdiqlaydigan boshqahujjatlar kompyuter dasturlari foydalanishi uchun raqamli shaklga o‘tkaziladi – bu moddiy (masalan, uy yoki avtomobil) yoki nomoddiy (masalan, patentlar) aktivlarga mulkchilik huquqini avtomatik ravishda o‘tkazishni ta’minlaydi. Xuddi shu tarzda kompyuter dasturimos keluvchi shartnoma shartlariga rioya qilinishi tasdiqlagan hollardagina aktivlar almashinishga ruxsat berishi mumkin. Hozir kompaniyalar deyarli har bir elektron qurilma yoki tovar birligiga shtrixkodlar, QR-kodlar, mikrochiplar, bluetooth-uzatgichlarni faollik bilan joriy qilmoqdalar, buning natijasidaistalgan moddiy boyliklarga mulchilik huquqini aynan shu tarzda berish mumkin bo‘lgan «buyumlar interneti» yaratiladi.Blockchain 2.0 asosidagi yechimlarning keng tarqalishi texnik, huquqiy, moliyaviy va madaniy xarakterdagi katta to‘siqlarga duch kelmoqda. Hozirgi paytda yuzlab bunday yechimlar mavjud, lekin ularning ko‘pchiligi oxirigacha ishlab chiqilmagan va qachonlardir amalga oshirilish imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimoli ancha past hisoblanadi. Biroqularga katta energiya va innovatsion intellektual salohiyat sarflangan bo‘lib, bu bir qator jiddiy loyihalar va startaplar yaratishda namoyon bo‘ldi.Bunday loyihalarning birinchisi 2012 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilganColoredCoinstizimi bo‘ldi. Undan maqsadodamlarga moliyaviy aktivlar va an’anaviy valyutani bevosita bitkoin blokcheyni orqali almashinish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan (bu tizim orqali ikki kishi, masalan, evroni oltinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish haqida shartnoma tuzishi mumkin).
|
| |