Katta va tayyarlov yoshdagi guruhlarda bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari




Download 0.61 Mb.
bet2/4
Sana02.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#48214
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi sayyora jo\'rayeva
2 MARUZA TAYANCH – HARAKAT TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI, CamScanner 02-15-2023 14.48, Ватан таянчи 7 TA ЖИЛД, 1-sinf Tarbiya fanidan Vatan ishonchi mavzuda dars ishlanma, 321-326 (1), Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi, Banklarda kredit, lizing va faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobi, Valyuta operatsiyalari hisobi, Документ Microsoft Word, Хат регистратсия қилиш, 3.Insonparvarlik tamoyili, 12-1, 4-практическая занятие
1.2.Katta va tayyarlov yoshdagi guruhlarda bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari. Demak, bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishida birinchi navbatda oilaning, ota-onaning hamda uning o'rab turgan muhitning o'rni va ahamiyati katta ekan.
Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va xalqiga murojaatnomasi[6]da yangi O'zbekistonda uchinchi Renesansni barpo etishda beshta xalqa ichida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini va oilani, beshta ustun ichida esa maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalarnining hamkorlikdagi muhim mas'uliyatli vazifalariga to'xtalib o'tgan edilar.
Shu bilan birga I.V. Grosheva, L.G. Evstafeva, D.T. Maxmudova, Sh.B. Nabixanova, S.V. Pak, G.E. Djanpeisova, M.R. Isxakova[7]lar ham bu mavzu yuzasidan "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturini ishlab chiqishgan. Bu dasturda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarining har biriga alohida ilmiy-uslubiy yondoshilgan.
NATIJALAR
Bugungi kunda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishda biz 2020 yil 22 dekabrda qabul qilingan maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim standartlariga ko'ra ish yuritamiz. Bu standartga ko'ra bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari quyidagilardan iborat:
> jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;
> ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
> nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari;
> bilish jarayonining rivojlanishi;
> ijodiy rivojlanish.
"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasidagi o'quv-tarbiyaviy faoliyatyakunlanganidan so'ng 6-7yoshli bola:
O’z imkoniyatlari va yoshi bilan bog'liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko'rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg'un ravishda va maqsadli bajarishni biladi; turli hayotiy va o'quv vaziyatlarida mayda motorika ko'nikmalaridan foydalanadi;
o’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiena malakalarini qo’laydi;
sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
Bu yo'nalishlarning bizning maktabgacha ta'lim dasturlarimizga ham xos bo'lgan jihatlari mavjud ekan. Faqatgina nomlanishidagi farqlarni anglashimiz mumkin. Shu bilan birga bizning standartga muvofiq "ijodiy rivojlanish" kompetensiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga Yaponiya maktabgacha ta'limida alohida berilmagan ekan. Bolaning ijodiy rivojlanish kompetensiyasiga alohida e'tibor berish esa katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bugungi bolalar istiqboldagi kashfiyotchilar bo'lishi kutilmoqda. Ularning intellektual salohiyati kelajakdagi mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy kuch sifatida e'tirof etilmoqda va shuning uchun ham juda katta e'tibor qaratimoqda.
Xitoy davlatida maktabgacha ta'lim tizimi davlat va xususiy muassasalar tomonidan taqdim etilgan. Xitoy Xalq Respublikasi hukumati xususiy maktabgacha ta'lim muassasalarini har tomonlama rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi. Yosh avlod uchun umumiy ta'lim dasturi mavjud bo'lishiga qaramay, davlat va xususiy bolalar bog'chalarida bolalarni o'qitish jarayonida ba'zi farqlar mavjud.

Download 0.61 Mb.
1   2   3   4




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Katta va tayyarlov yoshdagi guruhlarda bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari

Download 0.61 Mb.