1-bob: metallarni kesib ishlash




Download 391.5 Kb.
bet16/52
Sana24.03.2017
Hajmi391.5 Kb.
#1797
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52

O’simta paydo bo’lishi.


Kesish jarayonida keskichning oldingi yuzasida, ayniksa kesuvchi qirra yakinida usimta xosil bo’ladi. -rasm, bu ishlanaetgan materiallar zarrachalarning kuchli zichlashgan massasidan iborat bo’lib, keskichga pishik epishgan. Usimta asosan plastik materiallarni kesib ishlashda xosil bo’ladi. Usimta xosil bo’lishiga kesish tezligi va burchagi, qirkimning kalinligi va ishlanadigan materialning qattiqligi ta`sir ko’rsatadi. Usimta xosil bo’lganda kesish burchagi sezilarli mikdorda uzgaradi, u bilan birga kesiladigan qatlam deformatsiyalanadi, shuning uchun xam usimtani yuzaga keltiruvchi omillarni urganish muximdir. Usimta paydo bo’lish xodisasini 1919 yilda YA.D.Usachev tatkik kildi. Usimtaning qattiqligi yukori kesib ishlanaetgan metall qattiqligidan 2,5…3 barobar katta bo’ladi. Usimta xosil bo’lishi bilan kesish burchagi kichrayadi. Usimta keskichning kesuvchi qirrasini kesish issikligi ta`siridan va eyilishdan saklaydi. Kesish jarayonida qirindi keskichning oldingi yuzasiga emas, balki usimta qatlamiga tiraladi. Usimta bilan qirindi orasida xosil bo’ladigan ishkalanish kuchi ta`siri ostida usimta emiriladi. Usimtaning bir qismi qirindiga ilashib ketsa, bir qismi yuniladigan yuzaga epishadi. SHundan keyin yana usimta xosil bo’ladi. Usimta xosil bo’lishi bilan yunilgan yuza gadir-budir yunilgan bo’lib koladi. SHu sababli tozalab yo’nishda usimta xosil bo’lishi zararlidir. Usimtaning xosil bo’lish sababi ishlanaetgan metalldan chikaetgan ba`zi mayda zarrachalar yukori, ya`ni suyuklanish xaroratida keskichning oldingi yuzasiga urilishi bilan unga epishadi. Agar kesish tezligi kichik ( = 3 …5 m/min) bo’lganda, ajralaetgan zarrachalar uncha isimaganligi sababli usimta xosil kilmaydi. Kesish tezligi oshishi bilan usimta usa boshlaydi. Usimtaning eng katta mikdori kesish tezligi V= 10…20m/min ga tugri keladi. Kesish tezligi bu ko’rsatilgandan ortib borganda, usimta pasayib boradi. Katta kesish tezligi (V= 70…80m/min) bilan ishlaganda xosil bo’lmaydi; bunga sabab shuki, qirindi bilan keskich orasida yukori xarorat xosil bo’lganligidan qirindi materiali, shu jumladan oldin ya`ni uncha katta bo’lmagan tezlik bilan ishlaetganda yuzaga kelgan usimta metali xam bu xaroratda plastik bo’lib koladi va uni ajralib chikaetgan qirindi yalab olib ketish imkoniyati yuzaga keladi, bundan tashkari plastiklik oshganda ishkalanish kuchi xam kamayadi, natijada usimta xosil bo’lmaydi.

Usimta mikdorining kesish tezligiga boglikligi -rasmda grafik ravishda ko’rsatilgan. SHunday kilib, usimta xosil bo’lishi xomaki kesib ishlashda foydali bo’lib, tozalab ishlashda zararlidir.




Download 391.5 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Download 391.5 Kb.