• 29-modda. Elektron hukumatning ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i
  • 5-bob. Yakunlovchi qoidalar 30-modda. Elektron hukumatni shakllantirishga va rivojlantirishga doir faoliyatni moliyalashtirish
  • 31-modda. Nizolarni hal etish
  • -modda. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali




    Download 81.78 Kb.
    bet14/15
    Sana28.03.2023
    Hajmi81.78 Kb.
    #47127
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    e hukumat to\'g\'risida qonun
    2.1, Instruktsiya-Didox.uz-EX, 1.1Что дала обществу коммерциализация образования и науки, Referat, BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov
    28-modda. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    Elektron davlat xizmatlari ariza beruvchilarga davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi bo‘lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.
    Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi axborotni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
    29-modda. Elektron hukumatning ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i
    Elektron hukumatning ma’lumotlarga ishlov berish markazi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalarining saqlanishini va integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
    Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari idoraviy va idoralararo axborot tizimlarining hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalarining o‘zaro hamkorligi elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
    5-bob. Yakunlovchi qoidalar
    30-modda. Elektron hukumatni shakllantirishga va rivojlantirishga doir faoliyatni moliyalashtirish
    Oldingi tahrirga qarang.
    Elektron hukumatni shakllantirishga va rivojlantirishga doir faoliyatni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
    (30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    31-modda. Nizolarni hal etish
    Oldingi tahrirga qarang.
    Elektron hukumat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
    (31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Oldingi tahrirga qarang.

    Download 81.78 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 81.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

    Download 81.78 Kb.