-modda. Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari




Download 81.78 Kb.
bet8/15
Sana28.03.2023
Hajmi81.78 Kb.
#47127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
e hukumat to\'g\'risida qonun
2.1, Instruktsiya-Didox.uz-EX, 1.1Что дала обществу коммерциализация образования и науки, Referat, BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov
16-modda. Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari
Davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida:
elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
elektron hukumat sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarining, shuningdek elektron davlat xizmatlarining joriy etilishini, rivojlantirilishini hamda integratsiyalashuvini ta’minlaydi;
o‘zlarining faoliyat sohasiga muvofiq elektron davlat xizmatlarining reglamentlarini ishlab chiqadi va elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda ularni tasdiqlaydi;
o‘zi ko‘rsatadigan elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19-moddasi.
ariza beruvchilarning tanloviga ko‘ra elektron davlat xizmatlarini olish imkoniyatini ta’minlaydi;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratadi;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
elektron hukumat sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini ko‘radi;
elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlariga va boshqa dasturlarga uzviy bog‘liq holda axborot tizimlarini, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirishning idoraviy rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqadi;
o‘z rasmiy veb-saytlarining doimiy ishlashini, shuningdek ularda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi axborot e’lon qilinishini ta’minlaydi;
o‘z tarkibiy bo‘linmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ta’minlaydi;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishining borishi to‘g‘risidagi axborotning ariza beruvchilar tomonidan o‘zaro hamkorlikning turli shakllari orqali olinishi imkoniyatini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
(16-moddaning birinchi qismi o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 81.78 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 81.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari

Download 81.78 Kb.