• 12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash prinsipi
  • -modda. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish prinsipi




    Download 81.78 Kb.
    bet5/15
    Sana28.03.2023
    Hajmi81.78 Kb.
    #47127
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    e hukumat to\'g\'risida qonun
    2.1, Instruktsiya-Didox.uz-EX, 1.1Что дала обществу коммерциализация образования и науки, Referat, BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov
    11-modda. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish prinsipi
    Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi takomillashtirib borilishi, shu jumladan quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirib borilishi shart:
    davlat organlarining ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarini bartaraf etish va (yoki) birlashtirish hamda kelishib olinadigan vazifalari sonini kamaytirish;
    ariza beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;
    idoralararo elektron hamkorlik qilishni maqbullashtirish;
    elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish.
    Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 184-sonli “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
    12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash prinsipi
    Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashi shart.
    Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari shaxsga doir ma’lumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar muhofaza qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishini ta’minlash yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar ko‘radi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshi, O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida saqlanadigan shaxsga doir ma’lumotlardan ular qaysi ariza beruvchiga taalluqli bo‘lsa, o‘sha ariza beruvchining roziligi bilan ularga ishlov berish, ularni uzatish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
    (12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 81.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 81.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish prinsipi

    Download 81.78 Kb.